Yurakka so‘zim
Balki oq otlarga bo‘lgan jilovdor,
Chavandozsan, balki maqsadsan o‘qdek.
Yulduzlar porlagan oy-quyoshi bor,
Bulutlar o‘ynagan bag‘ring keng ko‘kdek.
Biz bir kun albatta g‘olib bo‘lamiz,
Barcha g‘am-anduhlar uchib ketadi.
Faqat chekinmasdan turib bersang, bas,
Menga borligingning o‘zi yetadi.
To‘pori qalbimni shoirtabiat
Qilganingga shukur, boringga shukur.
Sho‘xchan bu qizingga hayot baxsh etib,
Ko‘ksimda urganing uchun tashakkur!
Umida SATTOROVA,
Navoiy viloyati Xatirchi tumani 45-maktab o‘quvchisi