Antiqa boshpana
Dunyoning mo‘jizaviy daraxtlaridan yana biri Baobab haqida ko‘p eshitgansiz. Bu daraxtning bo‘yi 30 metr, eni esa 11 metrgacha yetishi mumkin. Uning shishib turuvchi tanasi ulkan meshkobni eslatadi va o‘z bag‘rida 120 000 litr suvni saqlay oladi. Shu bois u kutilmaganda sodir bo‘ladigan har qanday qurg‘oqchilikdan aslo qo‘rqmaydi. Baobablar navlarga qarab o‘sish jarayonida semiz tanasida butilka, ko‘zacha yoki choynakka o‘xshash shakllarni aks ettirib boradi.
Afrika mintaqasida yashovchi ayrim odamlar ulkan Baobab ustunining ichini o‘yib, boshpana o‘rnida ham foydalanishar ekan.