Bahoriy salat
Kerakli mahsulotlar: 200 gramm smetana, 1 bog‘ ismaloq, rediska va ko‘kpiyoz, ukrop, 3 dona tuxum, 3 dona bodring, salat bargi, tuz, murch.
Tayyorlanishi: Ko‘kpiyoz va shivit(ukrop) maydalab to‘g‘raladi. Ismaloqni yuvgach maydalangan ko‘katlar bilan aralashtiriladi. Bodring va rediska yarim oy shaklida to‘g‘raladi. Piyozni avval halqa shaklida to‘g‘rab, keyin to‘rtga bo‘linadi. Smetanaga tuz va murch qo‘shib, barcha masalliqlar bilan aralashtiriladi. Qaynatilgan tuxumni yarim oy shaklida kesib salat ustiga qo‘yiladi.