Kartoshka va ko‘katli kotlet
Kerakli mahsulotlar: 1 kilogramm kartoshka, 1 choy qoshiq tuz, 2 dona tuxum, yarim choy qoshiq murch va ko‘katlar.
Tayyorlanishi: Kartoshkani qirg‘ichdan chiqarib, suvidan siqib olinib tuz, tuxum, murch va ko‘katlar solib aralashtiriladi. Keyin kotletga o‘xshatib shakl beriladi. Tovaga yog‘ solib qizdiriladi. O‘rta olovda bir tomoni 10 daqiqa, orqa tomoni esa 5-6 daqiqa usti yopiq holda past olovda pishiriladi.
Pazanda: NAZOKAT