Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yilnoma

  1. Toshkentda I Xalqaro kinofestival ochilgan yil. 2. Qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan yil. 3. O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib metropoliten qurilgan yil. 4. Osiyo va Afrika yozuvchilarining “Toshkent ruhi” konferensiyasi o‘tkazilgan yil. 5. “Kerak bo‘lsa qalam miltiq bo‘lur!” degan jangchi shoir Sulton Jo‘ra halok bo‘lgan yil. 6. Rejissor M. Yunusovning “Navoiy” videofilmi yaratilgan yil. 7. Katta Farg‘ona kanali qurilgan yil. 8. Respublikamizda “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etilgan yil. 9. Toshkent radioeshittirishlari boshlangan yil. 10. Termiz, Urganch, Kogon shaharlari barpo etilgan yil. 11. Mamlakatimizda “Oila yili” deb e’lon qilingan yil. 12. Toshkent kuranti qurilgan yil. 13. Kattaqo‘rg‘on suv ombori bunyod etilgan yil. 14. Toshkent viloyati tashkil topgan yil. 15. “O‘zbekfilm” kinostudiyasi faoliyat boshlagan yil. 16. Toshkentda “Xalqlar do‘stligi” saroyi qurilgan yil. 17. Toshkent shahrida respublikamizda eng yirik Otchopar inshooti qurilgan yil. 18. Poytaxtimizda Amir Temurga haykal o‘rnatilgan yil. 19. Sh. Ibrohimov tomonidan o‘zbekcha taqvim tuzilib, nashr etilgan yil. 20. Toshkentda dastlabki kasb-hunar bilim yurti ochilgan yil. 21. O‘zbek shoiri Usmon Nosir tavallud topgan yil. 22. “Yalla” ansambli tashkil topgan yil. 23. Toshkentda “Noma’lum askar” yodgorligi ochilgan yil. 24. O‘zbeksiton Davlat madhiyasi qabul qilingan yil.

 

Tuzuvchi: Anvar MIRZAZODA

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.