Kim biladi-yo shuginani-yo
(1-sonda e’lon qilingan mantiqiy jumboqlarga javoblar)
1-javob: U kishi 50 yoshda, nabirasi 1 oylik chaqaloq. Nabirasining yoshi oylar bilan hisoblangani uchun 600 barobar katta bo‘la oladi.
2-javob: Bemor birinchi dorisini ichgan vaqt 6:00 bo‘lsa, ikkinchi dorisini 06:30 da, uchinchi dorini 07:00 da ichgan. Birinchi va uchinchi dorini ichgan oraliqdagi vaqt roppa-rosa 1 soatni tashkil etgan.
3-javob: Bir ota o‘g‘liga 50 ming so‘m ikkinchi ota (birinchi otaning o‘g‘li) o‘g‘liga shu pulning 40 ming so‘mini bergan. O‘zida 10 ming so‘m qolgan. Shunday qilib o‘rtadagi jami pul 50 ming so‘mni tashkil etadi.
4-javob: Quyoshli kun bo‘lmaydi. Chunki 72 soat ya’ni 3 sutka o‘tgach yana tungi soat 12 bo‘ladi.
Ushbu boshqotirmaga eng to‘g‘ri javob yo‘llagan Qarshi shahridagi 19-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Temurbek Yo‘ldoshevga minnatdorlik bildiramiz.