“Gulxan”da xanda
– Maktabga borgim kelmayapti!
– Nega?
– Maktabda “A”ni yoz deyishadi.
– “A”ni yozishni istamaysanmi?
– “A”ni yozsam, keyin “B”ni yoz deyishadi-da.
***
– Ingliz tilidan besh soat dars oldim.
– Unda inglizlar bilan bemalol gaplasha olar ekansan-da?
– Yo‘q, men ingliz tilidan besh soat dars olganlar bilan bemalol gaplasha olaman.
***
Sharros quyayotgan yomg‘ir birdan to‘xtadi.
– Yomg‘ir ham tindi, – dedi onasi derazaga qarab.
– Charchagandir-da, – dedi o‘g‘li.
***
Bola qo‘shnisiga dedi:
– Oyim aytdilar, o‘n ikki dona tuxum qarz berib turar ekansiz. Tuxumlarni tovuqqa bostirar ekanlar.
– Sizlarda tovuq yo‘q-ku?
– Bundan tashvishlanmang. Akam narigi qo‘shninikiga kurk tovuq so‘ragani ketgan.
***
– Men o‘qigan vaqtimda tarixdan doim “5” olardim. Sen “4” olyapsan. Dangasa ekansan-da...
– Yo‘q, bobojon, sizning vaqtingizda tarix ancha qisqa bo‘lgan.
To‘plovchi: Muhabbat