Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2019-yil 4-son

  • Temur bobom

    Abadiyat olovin yoqqan,

    Haqqoniyat yalovin taqqan.

    Quyosh bo‘lib boshlarda balqqan,

    Misli to‘fon ko‘pirib qalqqan

    Sharaf-shoni Buyuk Turonim,

    Temur bobom, sohibqironim.

     

    Asrlarki shoningiz o‘chmas,

    Tamal toshi Siz qo‘ygan – ko‘chmas.

    Birlashmagan elat-el kuchmas,

    Daholarsiz yurt zafar quchmas,

    Alp

    ...
  • Imkoniyatlar eshigi

    Yaqinda Prezidentimiz rahbar­ligida “Yosh­­lar bilan ishlashni samarli tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqtirish bo‘yicha beshta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan masalalar qizg‘in muhokama qilindi va quyidagi tashabbuslar

    ...
  • Alpomish yurtga qaytdi

    yoxud Surxon elidagi katta bayram haqida

     

    “Baxshilar nafaqat xalq o‘tmishining aks-sadosi, ayni paytda bugungi kunning ham jarangdor ovozidir”.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning

    ...
  • Sirli sandiqdagi xotiralar

    Sirli sandiq nomi bilan mashhur iqtidorli olim va pedagog, filologiya fanlari nomzodi Rahimboy JUMANIYOZOV ishtirok etgan davraga kirsangiz, tadbirda qatnashsangiz ustozning notiqlik qobiliyatiga qoyil qolasiz. U kishi “Xalq dahosining ko‘zgusi”, “Eski o‘zbek yozuvi”, “Alifbo saboqlari”, “Xalq ijodi – haq ijod”, “Alifbo”, “Nutqiy mahorat”, “Turkiy savod”, “Dong qozongan

    ...
  • Xayrli ishning xayri

    Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan, har kim o‘zi o‘qigan maktabiga kitob sovg‘a qilish xayriya marafonida bizning maktabimiz faol qatnashmoqda. Aprel “Kitobxonlar oyligi”, deb e’lon qilindi. Bu ezgu harakat sharofati bilan kutubxonamiz turli kitoblar bilan boyibgina qolmay, o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan mehri, qiziqishi ham sezilarli darajada ortdi. A. Ne’matov, Z. Kattayeva, T.

    ...
  • “Ikki buyuk hikmat, ikki xush zabon...”

    Bulbul

    Qayinlar yurtida bulbulni ko‘rdim,

    U gul butog‘ida qilardi xonish.

    Qovog‘imni solib hol-ahvol so‘rdim,

    Ozroq gina bilan, ozroq qizg‘anish...

     

    Yaxshiyam ko‘rganim, ko‘rmasam albat,

    Tentakning tushi, deb o‘ylar ekanman.

    Tug‘ishgandek ko‘rib, men uni faqat

    O‘zbekning qushi deb, o‘ylar

    ...
  • Sharqning buyuk adibi

    XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, buyuk romannavis adib, matonatli inson Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Bu yil yozuvchi tavalludiga 125 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan adibning hayoti va ijodiga doir bir qancha kitoblarni yana qayta o‘qib-o‘rganib chiqdik. Buyuk ijodkorlarning ustoz mahoratiga munosabatlari va e’tiroflaridan g‘ururlandik.

    ...
  • Haykal oddiy tosh emish

    Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda juda xunuk manzara aks etgan foto va video tasvirlar tarqaldi. Sho‘xligidan deymizmi yoki shuhratga o‘chlikmi, xullas, uch-to‘rt tengdoshingiz sarkarda bobomiz Amir Temur haykali ustiga chiqib suratga tushibdi. Yoqimsiz odat yuqumli bo‘ladi shekilli, ularga havas qilgan yana bir necha o‘smir Ikkinchi jahon urushi yillari boshqa o‘lkalardan keltirilgan yetim

    ...
  • Aql – odamning oltin toji

    Inson o‘z umrini mazmunli va ma’murchilik bilan o‘tkazishi uchun avvalo, o‘zini o‘rab turgan borliqni bilishi, yuksak aql va tajriba egasi bo‘lishi darkor. Xalqimiz ko‘plab maqollarida aqlni va aql egalarini yuksak darajada madh etadi, ularning hayotdagi yutuqlarini ko‘rsatadi. Aqlsizlik, nodonlik, farosatsizlikni qoralaydi.

    “Aqldan ortiq boylik yo‘q”, “Aql – odamning ko‘rki”, “Boqqa

    ...
  • “Xonani tutdi birdan bolalarning kulgusi”

    “Fil” turkumi

    Uy ishini bajarmay

    Uxlab qoldi Sobirvoy.

    Ona tili darsida

    Bo‘ldi rosa “holi voy”.

     

    – Fe’lni tushuntir qani, –

    So‘radi undan ustoz.

    Fe’l qolib, o‘rmon filin

    Maqtashga tushdi shovvoz:

     

    – Karnayday ovozidan

    Cho‘chib, hamma qochadi.

    Xartumiga suv

    ...
  • “Men bir daraxt o‘tqazdim...”

    Osmon o‘yladi

    Men bir daraxt o‘tqazdim,

    Suvga bordim – quyishga.

    Ammo ko‘kni qoplagan,

    Bulutlar tushdi ishga.

     

    Yomg‘ir yog‘di. Rayhonlar,

    Bo‘yi bilan so‘yladi:

    “Sen o‘tqazgan niholni,

    Qara, osmon o‘yladi”.

     

    Qochgan uyqu

    Kech bo‘ldi, ko‘p

    ...
  • Sehrli barmoqlar

    Asilaning oyisi Dilfuza opa bolalar bog‘chasida musiqa o‘qituvchisi. U har bayramda kichkintoylarga qo‘shiq va raqslar o‘rgatadi. Asila oyisi har gal pianino chalganda barmoqlarining sehrli harakatlariga mahliyo bo‘lib, kuy tugaganini sezmay qolardi. Jajji qo‘lchalari bilan pianinoni ushlab oyisi kabi quvnoq musiqalar chalishni juda-juda istardi. Maktabga borgach, eng yaxshi ko‘rgan darsi

    ...
  • Intizomning do‘sti

    Sport o‘z nomi bilan intizomli, irodali, shijoatlilar do‘sti. U chidamni charxlaydi, sog‘lom va bilimli bo‘lib ulg‘ayishimizni ta’minlaydi. Ammo ba’zan jarohatlar, kutilmagan zarbalar sog‘lig‘imizga aks ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin. Sharq yakkakurashlari orasida Penchak silat nomli sport turi borki, u bilan shug‘ullanuvchilar xavfli jarohatlar olmaydi, sog‘lig‘ini xatarga qo‘ymaydi. Sababi,

    ...
  • Zaharli tutunlar ortida

    Maktab o‘quvchilari o‘rtasida tamaki mahsulotlarini chekish illati avj olayotgani haqida ko‘p eshitamiz.

    Bu masala yuzasidan ota-onalar majlislari, sinf yig‘ilishlari tez-tez o‘tkazilishiga qaramay, hanuzgacha oramizda kelajagi va sog‘lig‘iga befarq tengdoshlarimiz uchrab turibdi.

    Shifokorlarning aytishicha, sigaret chekkanda o‘pkaga tutun bilan bir qancha zararli moddalar ham

    ...
  • Bahor qaytdi

    Daraxtlarni gullatib,

    Zaminga bahor qaytdi.

    Bulutlar suzib, mag‘rur

    Tog‘larga ertak aytdi.

     

    Yashnadi chamanzorlar,

    O‘tloqlar ziynat taqdi.

    Shildiradi irmoqlar,

    Shavqi yurakka yoqdi.

     

    Komila O‘ROZMETOVA,

    Xorazm viloyati Gurlan tumani

    21-maktab 8-sinf

  • Tog‘lardan ulug‘

    Ota, tog‘lardan ham ulug‘rog‘imsiz,

    Quyosh taftidan-da iliqrog‘imsiz.

    Biz farzandlar uchun ko‘ksingiz qoya,

    G‘amlar yuzingizga solmasin soya.

     

    Mehr bulog‘isiz, baxtning uyisiz,

    Borligingiz quvonch, shodlik kuyisiz.

    Hunar va mehnatga boshlab yo‘limiz,

    Aziz qo‘llaringiz tutar qo‘limiz.

     

    Nigora

    ...
  • Hayot zavqi

    Dengiz to‘lqinlari to‘lib toshadi,

    Yashashga intilar har bir tirik jon.

    Maysalar yuzini yuvgan shabnam ham,

    Hayot ummonidan taqilgan marjon.

     

    Osmon musaffodir, bulutlar oppoq,

    Kapalaklar bir kun yashaydi xushnud.

    Bodom gullaridan asta mo‘ralar,

    Hali ochilmagan ertangi umid.

     

    Hayot to‘xtamaydi, etadi

    ...
  • Toshbaqa

    Sekin yurar imillab,

    Tabiati shunaqa.

    Katta tosh kosasiga

    Bekinadi toshbaqa.

     

    Ba’zan horib ketganda,

    Kosam kerakmas, deydi.

    Ehtiyotkor bo‘lmagan

    Erinchoqlar pand yeydi.

     

    Munisa BAHODIROVA,

    Toshkent shahar Uchtepa tumani

    236-maktab 6-sinf

  • Quyoshjon

    Samoda yolg‘iz

    Yashaysan, quyosh.

    Tikilmoq bo‘lsam,

    Ko‘zga to‘lar yosh.

     

    Olamga boqsam,

    Dil oftoblanar.

    Issiq mehringdan

    Yurak toblanar.

     

    Feruza YOQUBOVA,

    Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani

    17-maktab 7-sinf

  • Bobolar yodi

    Bobolardan azaliy meros –

    Bu vatandir, bu ona zamin.

    Xayolimni chulg‘adi bexos,

    Vatan taftin sezganim sayin.

     

    Shu yurt, deya buyuk ajdodlar

    Farzand degan nomin oqladi.

    Tinch yashasin, deya avlodlar,

    O‘z elini yovdan saqladi.

     

    Mana keldi sen kutgan kunlar,

    Obod, erkin, mustaqil

    ...
  • Kuchukchamning “hunari”

    Kuchukkinam Mittivoy

    Ichgunimcha shirinchoy –

    Sakrashini qo‘ymaydi,

    Birga o‘ynab to‘ymaydi.

     

    Maktabga ketar chog‘im

    Tuflimni topolmayman.

    Oyim bilib qolsalar...

    Aybini yopolmayman.

     

    Tashlamasa hunarin

    Men kuchuksiz qolaman.

    Bugunchalik maktabga

    Shippak kiyib

    ...
  • Bahor zavqi

    Orziqib kutganim, keldingmi, bahor,

    Har tongda bir shodlik rizq-nasiba bor.

    Rangin to‘n kiyibdi bog‘lar, dalalar,

    Soylar sharqiraydi, yo‘llar chamanzor.

     

    Kurtakni uyg‘otar bahor yellari,

    Qushlar qanot qoqqan osmon beg‘ubor.

    Jilmaygan chechakning kulgularida

    Orziqib kutganim, keldingmi,

    ...
  • Boychechak

    Tog‘da kuldi boychechak,

    Muzlardan botir chechak.

    Qorlar ostida qishlab,

    Bahorni keldi boshlab.

     

    Buvim aytar – “Omonlik,

    Hech ko‘rmaylik yomonlik”.

    Yurtga bayramlar kelsin,

    Har qadam gulga to‘lsin.

     

    Sultonali RUSTAMOV,

    Buxoro viloyati Shofirkon tumani

    40-maktab 4-sinf

  • Gar Vatanni...

    Gar Vatanni bir osmon desak,

    Biz undagi mitti yulduzlar.

    Bilim olib shahd bilan yursak

    Yorishgaydir kecha-kunduzlar.

     

    Gar Vatanni ulkan bog‘ desak,

    Biz undagi mitti nihollar.

    Bo‘y cho‘zamiz ko‘kka biz sergak,

    Armon bo‘lmas orzu-xayollar.

     

    Gar Vatanni bir dengiz desak,

    Biz undagi mitti

    ...
  • Mehmondo‘st ayiq

    Ayiqpolvon do‘stini

    Chaqiribdi mehmonga.

    Asal to‘la xumchani

    Qo‘yibdi dasturxonga.

     

    Do‘sti quyon g‘am chekib,

    Debdi: “Yemayman asal.

    Agar sabzi yemasam,

    Bo‘lib qolaman kasal”.

     

    Ayiq qashlab boshini,

    So‘ng shamolday yelibdi.

    Rosa izlab bir joydan

    Sabzi topib

    ...
  • Hikoya qanday yoziladi?

    Yaqinda tahririyatga Toshkent viloyati Zangiota tumanidan bir qiz kirib keldi. “Hikoya yozgandim, “Gulxan”da chiqarsa bo‘ladimi?” deb so‘radi. U sinfdagi bir voqeani qog‘ozga tushiribdi. Bu quruq bayondangina iborat, oddiy va jo‘n yozilgan qoralamani hikoya deb bo‘lmas edi. “Gulxan”ga obuna bo‘lganmisan?” deb so‘radim undan.

    – Yo‘q, – dedi u hayron bo‘lib. Suhbatimizdan ma’lum

    ...
  • Orzu yo‘lida

    Anvarning akasi Ilhom poytaxtdagi oliygohga kirib, chiroyli binolarning rasmini chiza boshlagach, uning yuragiga o‘t tushdi. Bir marta oyisi bilan Toshkentga borib keldi-yu qishlog‘i ko‘ziga juda xunuk ko‘rinib ketdi. Aslida u tug‘ilib o‘sgan go‘shasini juda yaxshi ko‘radi. Axir yozda mazza qilib cho‘miladigan anhorlar, kuzda ifori ko‘ngilni yorishtirib yuboradigan shaftolizorlar boshqa

    ...
  • “Gulxan” uchrashuvlari

    Gulxanjon qadrdon do‘stlari, jurnalxonlar bilan tez-tez uchrashishni, dildan suhbatlashishni xush ko‘radi. Shu bois maktablarda o‘tkaziladigan tadbirlarga taklif qilinsa, qo‘liga fotoapparatini olib, hamkasb aka-opalari bilan yo‘lga tushadi.

    Aprel oyi ham ana shunday uchrashuvlarga boy bo‘ldi.

     

    Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 14-maktabda

    ...
  • Ochko‘zlik oqibati

    Xabaringiz bor, 2019-yil O‘zbekistonda “Qozog‘iston yili” deb e’lon qilingan. “O‘zbekiston” NMIUda chop etilgan “Kenja qiz va ayiq” nomli kitob bu yilda siz uchun chiroyli tuhfa bo‘ldi.

    Barcha ertaklarda bo‘lgani kabi qozoq xalq ertaklarida ham go‘zal insoniy fazilatlar: halollik, to‘g‘rilik, kamtarlik, jasorat madh etiladi.

    Ushbu

    ...
  • Yerning holvasi

    Bahor kelib suvlar loyqalanyapti. Ariq bo‘ylarida eng avval yalpiz va otquloqlar chiqibdi. Keng dalalarda, adir hamda qir bag‘irlarida boychechaklar, lolalar chiroy ochib, butun borliqqa shirin hid ufuribdi. O‘shanda quvonchga to‘lgan shabada bir yumalab, sho‘x shamolga aylanibdi-yu gullar iforini shahar va qishloqlar uzra olib ketibdi.

    Paxmoq qora ayiq ham qish uyqusidan biroz

    ...
  • Повариха

    Хотя Гульшода учится в 4 классе, о том, что она уже умеет готовить, знает вся махалля. Спросите почему? Да потому что она самостоятельно может приготовить несколько блюд: картошку фри, блинчики, суп из риса (маставу), суп из маша (машхурду). Настоящая помощница. И на рынок сбегает. Вот и сейчас мама попросила её принести картошку. Девочка вприпрыжку заскочила на кухню, взяла и откусила самое

    ...
  • The Princess and the pea

    There was once a prince who wished to marry a Princess but then she must be a real Princess. He travelled all over the world in hopes of finding such a lady but there was always something wrong. Princesses he found in plenty; but whether they were real Princesses it was impossible for him to decide, for now one thing, now another, seemed to him not quite right about the ladies.

    At

    ...
  • Teatr to‘garagida

    Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 265-maktabda “Kitob mening do‘stimsan” nomli teatrlashtirilgan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechada ertak qahramonlari qiyofasida gavdalangan o‘quvchilar yaxshilik, ezgulikka undovchi badiiy asarlarni ko‘proq o‘qish kerak ekanligini sahna ko‘rinishlari orqali ko‘rsatib berishdi. Ayniqsa, maktabning “Boychechak” teatr to‘garagi a’zolari namoyish etgan

    ...
  • Obuna davom etadi

    Yurtimiz bo‘ylab kitob ulashish aksiyasi davom etayotgan bir pallada, dadam – Qarshi davlat universitetining “Nemis tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri Alisher Mahmudov bilan u kishi o‘qigan Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 75-maktabga bordik. Dadam maktab o‘quvchilariga muvaffaqiyatga erishishda kitob, xususan badiiy adabiyotning o‘rni va ahamiyati haqida qiziqarli misollar bilan

    ...
  • Mehrning sehri

    Bugun dam olish kuni. Erta tongdan bozor odamlar bilan gavjum bo‘ladi. Oyim bozorda ho‘l meva sotadilar. Men oyimga qo‘limdan kelganicha yordam berishga harakat qilaman. Akam ham qarab turmaydi. Kun yorishmay ulgurji bozordan besh-o‘n quti mevani yetkazib kelardi.

    Oyim bilan bozorda o‘tirib akamning kelishini kutardik. Ammo bir kuni hadeganda akam kelavermadi. Yonimizdagi

    ...
  • Kitobxon bolakay

    Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda emas, aynan biz yashayotgan zamonda hali maktabga bormasdanoq kitob o‘qishni o‘rganib olgan bolakay bor ekan.

    Bir kuni ota-onasi undan: “Tug‘ilgan kuningga nima sovg‘a qilaylik?” deb so‘rashibdi. Bolakay darhol: “Menga kitob, ko‘p ertak kitob sovg‘a qiling”, deb javob beribdi. Oradan vaqt o‘tib, yozning issiq kunlarida bolakayning orziqib

    ...
  • Topishmoqlar

    Sanog‘iga yetib bo‘lmaydi,

    Juda olis, tutib bo‘lmaydi,

    Kelar deya kutib bo‘lmaydi,

    Ko‘rinmaydi ko‘zga kunduzlar

    Bu...

     

    Bahra olar har keksa, har yosh,

    Borliqdagi eng katta otash,

    Taftidan cho‘g‘ kabi yonar tosh,

    Oy ko‘z bo‘lsa, u misoli qosh

    Bu...

     

    U

    ...
  • “Gulxan”da xanda

    – Maktabga borgim kelmayapti!

    – Nega?

    – Maktabda “A”ni yoz deyishadi.

    – “A”ni yozishni istamaysanmi?

    – “A”ni yozsam, keyin “B”ni yoz deyishadi-da.

     

    ***

    – Ingliz tilidan besh soat dars oldim.

    – Unda inglizlar bilan bemalol gaplasha olar ekansan-da?

    – Yo‘q, men ingliz tilidan besh soat dars olganlar bilan bemalol

    ...
  • Qodiriynoma

    Chaynvord 1. Kino ekranida Yusufbek hoji siymosini talqin etgan ustoz san’atkor. 2. Ijod sohibi muqaddas deb e’zozlagan diyor. 3.“Mehrobdan chayon” romanidagi Anvarning “Chin o‘rtoq” bobida bayon etilgan do‘sti. 4.O‘sha davrda adib asarlari bosilgan jurnal. 5.Abdulla Qodiriy bilan hamfikr bo‘lgan

    ...
  • Farhod Musajon

    Bolalarning sevimli yozuvchisi Farhod Musajon 1933-yil 19-dekabrda Toshkent shahrining O‘qchi mahallasida ziyoli oilada tug‘ildi.

    Bo‘lg‘usi adib maktabni tugallab, hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti sharq fakultetining eron-afg‘on bo‘limiga o‘qishga kirdi. Uni bitirgach, “Sharq yulduzi”, “G‘uncha” jurnallarida, “O‘zbekiston madaniyati” (hozirgi “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”)

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.