Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Gar Vatanni...

Gar Vatanni bir osmon desak,

Biz undagi mitti yulduzlar.

Bilim olib shahd bilan yursak

Yorishgaydir kecha-kunduzlar.

 

Gar Vatanni ulkan bog‘ desak,

Biz undagi mitti nihollar.

Bo‘y cho‘zamiz ko‘kka biz sergak,

Armon bo‘lmas orzu-xayollar.

 

Gar Vatanni bir dengiz desak,

Biz undagi mitti tomchilar.

Yashash mag‘zin poklik deb bilsak,

Hayot tutar gul-u rayhonlar.

 

Diyora TOG‘AYEVA,

Toshkent shahar Uchtepa tumani

78-maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.