Mehmondo‘st ayiq
Ayiqpolvon do‘stini
Chaqiribdi mehmonga.
Asal to‘la xumchani
Qo‘yibdi dasturxonga.
Do‘sti quyon g‘am chekib,
Debdi: “Yemayman asal.
Agar sabzi yemasam,
Bo‘lib qolaman kasal”.
Ayiq qashlab boshini,
So‘ng shamolday yelibdi.
Rosa izlab bir joydan
Sabzi topib kelibdi.
Mehmon quyon shodlanib,
Mezbonga rahmat, debdi.
Ayiqpolvon asalin,
Quyon sabzisin yebdi.
Sarvinoz AHMETOVA,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani
4-maktab 7-sinf