Kuchukchamning “hunari”
Kuchukkinam Mittivoy
Ichgunimcha shirinchoy –
Sakrashini qo‘ymaydi,
Birga o‘ynab to‘ymaydi.
Maktabga ketar chog‘im
Tuflimni topolmayman.
Oyim bilib qolsalar...
Aybini yopolmayman.
Tashlamasa hunarin
Men kuchuksiz qolaman.
Bugunchalik maktabga
Shippak kiyib boraman.
Orzigul ERGASHEVA,
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani
16-maktab 6-sinf