Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bobolar yodi

Bobolardan azaliy meros –

Bu vatandir, bu ona zamin.

Xayolimni chulg‘adi bexos,

Vatan taftin sezganim sayin.

 

Shu yurt, deya buyuk ajdodlar

Farzand degan nomin oqladi.

Tinch yashasin, deya avlodlar,

O‘z elini yovdan saqladi.

 

Mana keldi sen kutgan kunlar,

Obod, erkin, mustaqil vatan.

Ortda qoldi qorong‘u tunlar

Barq urmoqda gullagan chaman.

 

Sarvinoz XO‘ROZOVA,

Jizzax viloyati Baxmal tumani

80-maktab 6-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.