Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tog‘lardan ulug‘

Ota, tog‘lardan ham ulug‘rog‘imsiz,

Quyosh taftidan-da iliqrog‘imsiz.

Biz farzandlar uchun ko‘ksingiz qoya,

G‘amlar yuzingizga solmasin soya.

 

Mehr bulog‘isiz, baxtning uyisiz,

Borligingiz quvonch, shodlik kuyisiz.

Hunar va mehnatga boshlab yo‘limiz,

Aziz qo‘llaringiz tutar qo‘limiz.

 

Nigora ADHAMOVA,

Toshkent shahar Yunusobod tumani

246-maktab 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.