Hayot zavqi
Dengiz to‘lqinlari to‘lib toshadi,
Yashashga intilar har bir tirik jon.
Maysalar yuzini yuvgan shabnam ham,
Hayot ummonidan taqilgan marjon.
Osmon musaffodir, bulutlar oppoq,
Kapalaklar bir kun yashaydi xushnud.
Bodom gullaridan asta mo‘ralar,
Hali ochilmagan ertangi umid.
Hayot to‘xtamaydi, etadi davom,
O‘ynoqi jilg‘alar oqadi shodon.
Ona zamin esa kaftida tutib,
Baxtli yashamoqqa beradi imkon.
Feruza MO‘MINOVA,
Farg‘ona viloyati Beshariq tumani
8-maktab 8-sinf