Aql – odamning oltin toji
Inson o‘z umrini mazmunli va ma’murchilik bilan o‘tkazishi uchun avvalo, o‘zini o‘rab turgan borliqni bilishi, yuksak aql va tajriba egasi bo‘lishi darkor. Xalqimiz ko‘plab maqollarida aqlni va aql egalarini yuksak darajada madh etadi, ularning hayotdagi yutuqlarini ko‘rsatadi. Aqlsizlik, nodonlik, farosatsizlikni qoralaydi.
“Aqldan ortiq boylik yo‘q”, “Aql – odamning ko‘rki”, “Boqqa bulbul yarashar, odamga aql”, “Til – tan qorovuli, aql – jon qorovuli”, “Aqlli bor uyda ahillik bor”, “Pul topguncha aql top”, “Aql bilan mol to‘plasa bo‘ladi, mol bilan aql to‘plab bo‘lmaydi”, “Yuzta ahmoqdan bitta aqlli zo‘r”, “Aql aqldan quvvat oladi”, “Aql yoshda emas, boshda”, “Ulug‘lik yoshda emas, boshda”, “Aqli ozning azobi ko‘p”, “Aqlli odam bosh bo‘lur, aqlsiz odam tosh bo‘lur”, “Aqlli ishlab ishini bitiradi, aqlsiz ishlab umrini bitiradi”, “Aqllining yoqqan chirog‘ini ahmoq o‘chirolmaydi”...