Xayrli ishning xayri
Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan, har kim o‘zi o‘qigan maktabiga kitob sovg‘a qilish xayriya marafonida bizning maktabimiz faol qatnashmoqda. Aprel “Kitobxonlar oyligi”, deb e’lon qilindi. Bu ezgu harakat sharofati bilan kutubxonamiz turli kitoblar bilan boyibgina qolmay, o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan mehri, qiziqishi ham sezilarli darajada ortdi. A. Ne’matov, Z. Kattayeva, T. Hasanov, G. Gadoyeva, D. Jamolova kabi ustozlarimiz, sobiq o‘quvchimiz Hikmatilla Ro‘ziyev maktabimizga bolalarning sevimli asariga aylangan 100 dan ortiq badiiy kitob sovg‘a qildi.
Hatto shu xayrli ishlardan ruhlanib Men ham ota-onalar bilan hamkorlikda kutubxonamiz fondiga o‘ttiz uchta badiiy kitob taqdim qildim.
Mahliyo FATTOHOVA,
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani
43-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi