Qodiriynoma
Chaynvord 1. Kino ekranida Yusufbek hoji siymosini talqin etgan ustoz san’atkor. 2. Ijod sohibi muqaddas deb e’zozlagan diyor. 3. “Mehrobdan chayon” romanidagi Anvarning “Chin o‘rtoq” bobida bayon etilgan do‘sti. 4. O‘sha davrda adib asarlari bosilgan jurnal. 5. Abdulla Qodiriy bilan hamfikr bo‘lgan ma’rifatparvar ijodkor, atoqli olim. 6. Adib tavallud topgan maskan. 7. “Mushtum” jurnalida bosilib chiqqan hikoyasi nomidan: “...tajang nima deydi?” 8. “O‘tkan kunlar” asaridagi obrazlardan biri. 9. Bo‘lg‘usi adib tahsil olgan madrasa. 10. Yozuvchi asoschilaridan biri bo‘lgan mavjud jurnal. 11. Abdulla Qodiriyga berilgan O‘zbekiston Respublikasining oliy nishoni. 12. Ijodkor ulug‘lagan ilm va ma’rifat manbai. 13. Adib otasining kasbi. 14. Qodiriy asarlari tarjima qilingan tillardan biri. 15. Tarixiy roman qahramoniga berilgan ta’rifdan: “Ustoz mulla...maxdum”. 16. “Turkiston” gazetasida 1923-yil e’lon qilingan kichik asari. 17. Kumushbibi otasining saroydagi amali. 18. “Mehrobdan chayon” asaridagi bosh qahramon. 19. “O‘tkan kunlar”dagi Hasanalining umr yo‘ldoshi. 20. Adib otasining ismi. 21. “O‘tkan kunlar” romani bosh qahramoni.
TOPSHIRIQ: Shaklning ostki qismidagi harflar juftini (birinchisi so‘z, ikkinchisi harf tartibini anglatadi) chaynvord javoblaridagi harflar bilan almashtirib, adibning nodir asarlaridan yana birini bilib oling.
Foziljon ORIPOV tuzdi.