Baqlajonli “yelpig‘ich” salati
Kerakli mahsulotlar: 1 dona baqlajon, 1 dona pomidor, 30 gramm pishloq, yarim piyola smetana, ozgina ukrop, 1 dona sarimsoqpiyoz, bir chimdim tuz.
Tayyorlanishi: baqlajonni dum qismiga qarab oxirigacha qirqmasdan 6-7 bo‘lakka bo‘lib olamiz. Qismlarni sekin-asta yoyib chiqsak, xuddi yelpig‘ichga o‘xshab qoladi. Uni 15 daqiqa tuzli suvga solib qo‘yamiz. So‘ngra suvdan olib yaxshilab quritgach, orasiga parrak-parrak to‘g‘ralgan pomidor va pishloqni ketma-ket joylab chiqamiz. Ustidan smetana quyib, maydalangan sarimsoqpiyoz sepamiz. Avvaldan qizigan gaz pechida pastroq olovda 40-45 daqiqa pishiramiz.