Nonushtaga quymoq
Kerakli masalliqlar: 1 piyola sut, 1 piyola suv, 1 dona tuxum, 1 osh qoshiq shakar, bir chimdim tuz, yarim osh qoshiq quruq xamirturush, keragicha un, 1-2 qoshiq qand upasi.
Tayyorlanishi: idishga tuxumni chaqib, ustiga shakar, tuz, xamirturush, sut va suvni solib aralashtiramiz. Oz-ozdan elangan un qo‘shib qorishtiramiz. Ataladan quyuqroq xamir hosil bo‘lgach, 20 daqiqa ustini yopib qo‘yamiz. Tovada qizib turgan ozroq yog‘ga 1 qoshiq xamir quyib, past olovda ikki tomonini qizartirib pishirib olamiz. Tayyor quymoqni laganga taxlab, ustidan qand upasi sepamiz.