“Bayrogʻimiz – faxrimiz” boshqotirmasi
KRIPTOGRAMMA Kalit soʻzlar: 1. Bayrogʻimizdagi musaffo osmon va obihayot, yaxshilik, donishmandlik, halollik, shon-shuhrat va sadoqatni bildiruvchi rang – 4,6, 19,1, 14.
2. Respublikamiz ramzlaridan biri – 4,2, 11,20,1, 14,2.
3. Porloq kelajak – 1,7, 10,1, 17,13,6, 16.
4. Muvaffaqiyat, zafar – 24,2, 16,2, 13,2.
5. Davlatimiz bayrogʻidagi oq rang bilan ifodalangan timsollardan biri – 21,6, 9,16,1, 9.
6. Bayrogʻimizda ona tabiatning yangilanish ramzi sifatida aks etgan rang – 14,2, 18,1, 16.
7. Respublikamiz davlat tili – 12,8, 13,15,9.
8. Vatanimiz fuqarolarining har jihatdan bir xil, baravarligi holati – 10,15,3, 23.
9. Navbatdagi saylovdan soʻng hamkorlikda ish olib boruvchi deputatlar tarkibi – 22,2, 17,1, 5,1, 17.
Endi kalit soʻzlar javoblari orqali shaklning atrofi va oʻrta qismlaridagi raqamlarda yashiringan kriptogrammani hal eting.
Shunda shoir Iskandar Rahmon qalamiga mansub “Bayroq” sheʼridan olingan toʻrt misra sheʼrni oʻqiysiz.
AYLANMA KROSSVORD Belgilangan xonadan raqam atrofiga soat mili yoʻnalishida: 1. Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻini birinchi boʻlib Jomolungma choʻqqisiga oʻrnatgan oʻzbek alpinisti. 2. Ish va hodisalar haqidagi maʼlumot. 3. Musobaqada gʻolib boʻlib, sharafiga bayrogʻimiz koʻtariladigan sportchi. 4. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik palatasining navbatdagi yigʻilishi. 5. Ovoz berish orqali davlat organlari va tuzilmalarini tashkil etish vositasi. 6. Hokimiyat organlari va siyosiy tashkilotlari tizimiga ega boʻlgan mustaqil mamlakat. 7. Shaxsning vakolatini tasdiqlovchi rasmiy hujjat. 8. Baxt va farovonlik asosi. 9. Kasbni oʻzlashtirish bilan orttirilgan tajriba. 10. Muhokama bilan hal etiladigan vazifa. 11. Biror masala muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish. 12. Maʼmuriy-hududiy boʻlinma. 13. Davlatning pul birligi. 14. Vatanimiz bayrogʻida aks etgan tasvirlardan biri. 15. Faoliyatdagi qatʼiy tartib, qoida. 16. Xalqimizning azaliy orzusi. 17. Bosh qomusimizning “Oila” bobidan: “Onalik va –... davlat tomonidan muhofaza qilinadi”. 18. Oliy Majlis aʼzosi. 19. Davlatimiz bosh qomusining 1-moddasidan: “Oʻzbekiston –... demokratik Respublika”. 20. Ishning ahvoli, borishini kuzatish.
Foziljon ORIPOV tuzdi