Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bola kulsa, olam kuladi

Oʻqituvchi:

– Salimov, qani aytchi, quyosh bilan elektr chirogʻi oʻrtasida qanday farq bor?

Oʻquvchi:

– Quyosh tekinga nur sochadi. Elektrga esa pul toʻlanadi.

 

 

***

Valijon koʻchadagi “Matiz”ga qarab turib dadasidan soʻradi:

– “Matiz” katta boʻlgach “Spark” boʻladimi?

 

***

Ota:

– Oʻgʻlim, chorak baho qoʻyilgan tabelingni olib keldingmi?

Oʻgʻil:

– Yoʻq, uni Jim olib ketdi. Ota-onasini qoʻrqitmoqchi.

 

***

Buvi:

– Mumtoz, bu serialni koʻrma. Qarib qolasan.

Nabira:

– Qarib qolsam mazza-ku! Sizga oʻxshab xotirjam serial koʻraman. Hech kim urishmaydi.

 

***

Kurt ukasini vannada choʻmiltirayotib maqtandi:

– Koʻrdingmi, men seni nafaqat oʻynataman, hatto choʻmiltira olaman ham.

– Toʻgʻri, ammo onam meni choʻmiltirayotganda tufli va kiyimlarimni yechib qoʻyardilar.

 

 

Toʻplovchi: MUHABBAT

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.