Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bordir to‘rtta oyog‘i... (topishmoqlar)

Bordir to‘rtta oyog‘i,

Lekin sira yurolmas.

Bitta oyog‘i sinsa,

U o‘rnida turolmas.

 

***

Mixning boshiga urar,

Yana kekkayib turar.

 

***

Bitta g‘orda beshta yo‘lak,

U bo‘ladi qishda kerak.

 

***

Boshqariladi yerdan,

Balandlarga uchadi.

Daraxt bo‘lmagan joyda,

Bulutlarni quchadi.

 

***

Transportni boshqarar,

Joyidan jilmay.

Tun-u kun ishlayverar,

Charchoqni bilmay.

 

***

Uning sanog‘i yo‘qdir,

Porlab turar hamisha.

Mabodo uchib qolsa,

Dilim g‘ashlanar picha.

 

Ilyos Daminov,

Toshkent shahar Yashnabod tumani 30-maktab 6-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.