Sakrashda eng birinchi... (topishmoqlar)
Sakrashda eng birinchi,
Tunda ham yo‘qdir tinchi.
Yeb to‘ymas, xo‘p ochofat,
Bedana suygan “ovqat”.
***
Qizil ko‘ylagi xol-xol,
Suygani gul va nihol.
Gul bargida jon saqlar,
Issiq kunlarni yoqlar.
Qo‘ng‘izlarning yulduzi
Topdim, budir...
***
Arilarning sultoni,
Biroz xunukroq nomi.
Uning suygan uyasi
Qassobning qanorasi.
Qovoqqa nega o‘rtoq,
Shuni bilmayman biroq.
***
Yoshi milliondan oshgan,
Tomoq dardida shoshgan.
Uzun mo‘ylov, qiltiriq,
Hech bo‘lmaydi to‘ydirib.
Yuguradi jonsarak
Ochko‘z, surbet...
***
Yum-yumaloq qorindor,
Savlatida bor viqor.
Yeyishdan qo‘rqmang hargiz,
Buyrakka shifo...
***
Qamishzor, botqoq, namni
Suyadi surbet jondan.
G‘ing‘illab qo‘shiq aytib,
Miriqib so‘rar qondan.
Aytaymi sizga sirin,
Bu o‘sha mitti...
Muhabbat Hamidova