Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kompyuterning tug‘ilgan kuni

Hozirda biz uchun qadrli bo‘lgan, hatto ajralmas do‘stimiz, beminnat dastyorimizga aylangan kompyuterning tug‘ilgan kuni qachon ekanligini bilasizmi? Albatta, kompyuterning ham tug‘ilgan kuni bor. Elektron texnika, umuman informatika sohasida faoliyat yurituvchi ko‘plab soha vakillari har yili bu kunni alohida e’zoz bilan nishonlashadi.

14-iyun – kompyuterning tug‘ilgan kuni, ya’ni ilk kompyuter ixtiro qilingan sana. Bundan 75 yil (1941-yil) oldin Garvard professori, matematik Govard Eykson ilk kompyuterni ixtiro qildi. Bu ulkan kompyuter “Mark 1” degan nom oldi va 1944-yil 7-avgustda rasman ishga tushirildi. Garvard universitetida joylashgan ushbu kompyuterning uzunligi 17 metr, balandligi 2,5 metr va og‘irligi deyarli 4,5 tonna edi.

 

Internet manbalari asosida F. Eshmo‘minov tayyorladi.

2016–2020 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.