“Gapiruvchi” kutubxona
Ha, adashmadingiz. Dunyoda gapiruvchi qush, gapiruvchi hayvonlar ko‘p. Bu hozir hech kimni hayratga solmay ham qo‘ygan. Lekin gapiruvchi kutubxona borligiga ishonasizmi? Eng ajablanarlisi, bunday noyob maskan allaqaysi dong‘i ketgan chet davlatining “sehrli” shahrida emas, o‘zimizning yurtimizda joylashgan.
Sirdaryo viloyatidagi Ko‘zi ojizlar kutubxonasi ana shunday noyob maskanlardan biri. Bu yerdagi ovoz yozish tasmalariga muhrlangan 15 ming nusxadan ziyod “gapiruvchi” kitoblar bilim istab kelgan ko‘zi ojiz kitobxonlarga ovozlari bilan yordam beradilar. Buning uchun maxsus mikrafon orqali kerakli kitob nomi yoki ma’lumot haqida aytib o‘tishning o‘zi kifoya. Qarabsizki, bir zumda sizga ovozli javob xabari keladi. Qanday ajoyib-a?!