Nega shunday?
Kompyuter klaviaturasiga qarab boshqa “do‘st”laridan sezilmas farqi bilan ajralib turadigan tugmalarni topib ko‘ring-chi. Ha, barakalla, zukko bolajonlar bu jumboqni bir zumda to‘g‘ri topdingiz: farq F va J tugmalari va ularda bo‘rtiq chiziqchalarning borligida.
Xo‘sh, nega shunday ekanligiga va aynan nima uchun mazkur tugmalarda bo‘rtiq borligiga hech qiziqqanmisiz? Keling, unda javob qidirib ko‘ramiz. Eng qizig‘i, klaviaturadagi ushbu bo‘rtiq chiziqchalar 2002-yilga kelibgina kashf qilingan. Sababi, bu alohida belgilar tez va oson yozishda yordam beradi. Qanday qilib, deysizmi?
Ikkala ko‘rsatkich barmoqlaringizni F va J tugmalari ustiga qo‘ying va yozishni boshlang. Xo‘sh, klaviaturaning barcha tugmalarini bosish ancha qulay bo‘lib qoldimi? Hatto klaviaturaga qaramasdan yozishni boshladingizmi? Agar uddalay olmayotgan bo‘lsangiz, e’tibor bilan har bir barmoq uchun qaysi tugmalar mos kelishini yaxshilab yod oling. Natijasi tezda seziladi.