Qaysi taom mazaliroq
Yaqinda amerikalik olimlar yuz nafar ko‘ngilli bolalar ishtirokida antiqa tadqiqot o‘tkazishdi. Maqsad, kimga qanday taom yoqishini aniqlash. Buning uchun tayyor maxsus taomlarni avvaliga suratga olib ishtirokchilarga tarqatishdi. O‘z qo‘lidagi rasmlarni obdan tomosha qilib bo‘lgan bolalarni haqiqiy taomlar yoniga olib borishdi. Keyin-chi, keyin nima bo‘ldi, deya qiziqyapsizmi?
Keyin...tomoshabinlar ajabtovur manzaraga guvoh bo‘lishdi. Ya’ni ishtirokchilar rasmi qo‘lida turgan taomlarni birinchi bo‘lib tanlashdi. Barcha hayratda.
Olimlar tadqiqot natijalarini quyidagicha izohlashdi: har qanday buyum yoki yegulikning rasmdagi aksi insonga o‘zgacha ta’sir o‘tkazadi. Natijada, kishi o‘zi sezmagan holda uni yoqtirib qoladi. Balki siz ham bu tajribani o‘z hayotingizda sinab ko‘rarsiz?