Samolyot – oshxona
Yurtimizda ajoyib go‘shalar, maskanlar talaygina. Xususan, bir-biridan chiroyli oshxonalarimizning ta’rifi hatto xorijiy mehmonlarimizni ham o‘ziga jalb qilmoqda.
Yaqinda internet sahifalarida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan oshxona ham o‘z betakrorligi bilan hammani hayratga soldi. Qizig‘i, bu maskan haqiqiy samolyot ostida qad rostlab turibdi. Andijon shahrida joylashgan mazkur oshxona va uning atrofidagi muzqaymoq do‘koni bugungi kunda mahalliy aholi hamda shahar mehmonlarining sevimli dam olish maskaniga aylanib bormoqda.
Ana sizga kutilmagan manzara.