Chapaqaylik ayb emas, ammo...
Do‘stlaringiz, sinfdoshlaringiz orasida chapaqaylar bo‘lsa kerak, a? Balki o‘zingiz chapaqaydirsiz? Unda siz kichkinaligingizda ota-onangizning “qoshiqni o‘ng qo‘lingda ushla, o‘ng qo‘ling bilan yoz” kabi tanbehlariga unchalik ham quloq tutavermagansiz. Chapaqaylikning nimasi yomon, deyishingiz mumkin. To‘g‘ri, chapaqaylik ayb yoki nuqson sanalmaydi. Shu bilan birga alohida fazilat ham hisoblanmasligini esdan chiqarmang. Yaxshisi, keyingi ma’lumotlarga quloq tuting.
Tibbiy tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘naqay odamning nafas yo‘llari, o‘pkasi va ayniqsa jigari chapaqay odamnikiga nisbatan sog‘lom va baquvvat bo‘lar ekan. O‘naqaylik jigarning sog‘lomligiga ijobiy ta’sir qiladi. Ayniqsa, hayotda doimo chapaqaylikdan uyalib, tortinib yashashdan xalos qiladi. Xo‘sh, endi o‘zingiz aytingchi, qay biri afzal: chapaqaylikmi yoki...