Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qo‘lsoat nega chap qo‘lga taqiladi?

Buning sababini bilasizmi? Yoki ilk qo‘lsoatlar bezak sifatida faqat ayollar tomonidan taqilganini-chi?

1904-yilda braziliyalik harbiy uchuvchi Alberto Santos Dyumont soatsoz do‘sti Luis Karterdan urush va janglarda ham yechmay taqib yurish imkoniyatiga ega qo‘lsoat yasab berishni iltimos qiladi. Do‘stining iltimosiga ko‘ra, Karter har taraflama qulay bo‘lgan qo‘lsoat yaratadi. Ammo uni faqat chap qo‘lga taqishga moslaydi. Chunki urushda askarlar o‘ng qo‘llariga qurol ushlashgan va bunday soatlar urushda qurol ko‘tarib jang qilayotgan askarga xalaqit bermagan. Uchuvchi Alberto aynan mana shu qulaylikni ko‘zlab, do‘stidan qo‘lsoat yasab berishni iltimos qilgan.

 

Internet manbalari asosida Farhod BEK tayyorladi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.