Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Intellektual test

  1. Vaqtning 10 asrga teng davri:

A) yangi asr B) yuz yillik S) asr D) ming yillik

 

  1. Kesishdan avval necha marta o‘lchash kerak?

A) 5 B) 2 S) 7 D) 3

 

  1. “Sirk” so‘zining lotin tilidan tarjimasi:

A) tomosha B) dumaloq S) teatr D) aylana

 

  1. Bir sutkaning 1/24 bo‘lagi:

A) 24 soat B) 2 soat S) 16 soat D) 1 soat

 

  1. Tishlar uchun eng xavfli sport:

A) boks B) futbol S) xokkey D) regbi

 

  1. “Sport qirolichasi” deb ardoqlanadigan tur:

A) futbol B) figurali uchish S) yengil atletika D) badiiy gimnastika

 

  1. Telefon ixtirochisi Aleksandr Bell nega hech qachon onasi va rafiqasiga qo‘ng‘iroq qilmagan?

A) yetim va yolg‘iz bo‘lgan

B) ular telefon ixtiro qilishidan oldin yashashgan

S) bu ixtironi bo‘lmag‘ur deb hisoblashgan

D) ikkovining ham qulog‘i kar bo‘lgan

 

  1. Inson umri davomida o‘zgarmaydigan a’zosi:

A) tish B) tirnoq S) ko‘z D) miya

 

  1. Eshitish qobiliyati yo‘q hasharot:

A) chivin B) burga S) pashsha D) kana

 

  1. Tuya umurtqasining shakli:

A) qirrali B) to‘lqinsimon S) to‘g‘ri D) egri

 

Yulduz TESHABOYEVA tayyorladi.

Eng birinchi va eng to‘g‘ri javob yo‘llagan o‘quvchilarning ism-shariflari jurnalning kelgusi sonida e’lon qilinadi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.