Darslarda
Geografiya darsida
O‘qitivchi:
– Ahmedov, bizga Oy yaqinmi yoki Xitoy?
O‘quvchi:
– Albatta Oy. Chunki Oyni har kuni ko‘ramiz, Xitoyni esa yo‘q.
O‘qituvchi:
– Latipov, chizgan xaritangda bitta nuqtadan boshqa hech narsa yo‘q-ku?
O‘quvchi:
– Axir ummonda suzib ketayotgan kema uzoqdan nuqtadek bo‘lib ko‘rinadi-da.
Ona tili darsida
O‘qituvchi:
– Hoshimov, “Ko‘chirma gap”, deb nimaga aytiladi?
O‘quvchi:
– Partadoshim Zeboning daftaridan ko‘chirib yozgan gapim “ko‘chirma gap” deyiladi.
O‘qituvchi:
– Hoshimov, otning turlarini ayt?
O‘quvchi:
– Saman, Tulpor, Biya.
Zoologiya darsida
O‘qituvchi:
– Qosimov, ko‘zoynakli ilon qaysi jonivorlar guruhiga kiradi?
O‘quvchi:
– Uzoqni ko‘ra olmaydiganlar guruhiga.
O‘qituvchi:
– Botirov, Afrikada yashaydigan oltita yirtqich hayvonning nomini ayt.
O‘quvchi:
– Yo‘lbars, bo‘ri, sher...
O‘qituvchi:
– Yana?
O‘quvchi:
– Yana, yana... uchta qoplon.
Darsdan so‘ng
Maktabdan qaytgan o‘g‘lidan oyisi so‘radi:
– Bugun darslar qanday o‘tdi?
– “Bobomnikida mehmonda” mavzusida insho yozdik.
– Sen nimalar haqida yozding?
– “Bobomnikiga borsak, eshiklari qulf ekan. O‘zlari mehmonga ketgan ekanlar. Darrov ortimizga qaytdik”, – deb bor gapni yozib qo‘ya qoldim.
To‘plovchi: Hilola