Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Eng tejamkor bolamisiz?

Buni aniqlashni istasangiz, quyidagi savollarga “ha” yoki “yo‘q” deb javob bering.

  1. Yozuv stolingizda eski, siyohi qurigan ruchka topiladimi?
  2. Kitob javoningizda o‘tgan asr so‘ngidagi jurnallar bormi?
  3. Eskirgan yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan o‘yinchoqlaringizni tashlab yubormaganmisiz?
  4. Balki, tortmangizda o‘tgan yillarning taqvimlari yotgandir?
  5. Agar qo‘lingizga bir tomoni top-toza oq qog‘oz yoki oxirigacha yozilmay qolgan daftar tushib qolsa, undan foydalanasizmi?
  6. Kiyim javoningizda anchadan buyon kiymay qo‘ygan kiyimlaringizni asrayapsizmi?
  7. Javoningiz tortmasida poyma-poy paypoqlar topiladimi?
  8. Xonangizda allaqachon buzilib qolgan soat bormi?
  9. Uyingizda qulfi yo‘q kalitlarni saqlaysizmi?
  10. Bir marta ishlatiladigan idishchalardan biror yangi buyum yasab ko‘rganmisiz?
  11. Ota-onangiz tushlik uchun bergan puldan orttirishga harakat qilasizmi?

 

Natija: Agar 11 ta savolga ham “Ha” deb javob bergan bo‘lsangiz, demak siz eng tejamkor bolasiz.

Bordi-yu, 8 yoki 9 ta savolga “Ha” degan bo‘lsangiz, o‘zingizni tejamkorman, deb hisoblayvering.

“Ha” degan javoblar 7 tadan kammi? Kechirasiz, unda siz tejamkor emas, aksincha, isrofgarlar safidasiz.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.