Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Foydali maslahatlar

  1. Qaynatilgan makaron bo‘laklari yopishib qolmasligi uchun ularni germetik paketlarga solib, sovutkichga qo‘ying. Keragida ularni isitish uchun qaynab turgan suvga bir necha soniyaga solish kifoya qiladi.
  2. Rediska, selder yoki sabzi barraligini yo‘qotsa, ularga xom kartoshka bo‘lagini qo‘shib muz va suv solingan idishga solib qo‘ysangiz sabzavotlar ko‘z oldingizda asl holiga qaytayotganini ko‘rasiz.
  3. Un, makaron yoki guruch saqlanayotgan idishga dafna bargi solib qo‘ysangiz (lavroviy list) unga mita va boshqa hasharotlar tushmaydi.
  4. Sovutkichning sabzavotlar solinadigan qutisi tagiga qog‘oz sochiq qo‘ying. Qog‘oz sochiq ortiqcha namlikni yutib oladi, sabzavotlarning aynishiga yo‘l qo‘ymaydi.
  5. Murabbo va sharbatlarni 10-15 darajali quruq, salqin joyda saqlash lozim. Murabboni sovuqda yoki muzlatkichda saqlash unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki shakari chiqib ketishi mumkin.
  6. Agar siz pishirayotgan murabbo quyulmasa, unga ozgina limon sharbati qo‘shib yuboring.
  7. Iste’mol sirkasi va suv aralashmasi yordamida deraza oynalari, ko‘zgudagi dog‘lar, tilla rangdagi yog‘och romlarni, vanna hamda sirli idishlarni tozalash mumkin. Buning uchun iliq suvga sirka solib, aralashtirasiz (1 litr suvga 1 osh qoshiq sirka). Agar vannadagi zang dog‘lari nihoyatda ko‘p bo‘lsa, suv o‘rniga tuzdan foydalangan ma’qul (2 osh qoshiq sirkaga 1 choy qoshiq tuz qo‘shiladi).
  8. Chumolilar shakar, asal yoki murabbo solingan bankaga yopishmasin desangiz, idish chetiga kungaboqar yog‘ini surtib qo‘ying.

 

NAZOKAT

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.