Kim biladi-yo shuginani-yo
Bilag‘onlar uchun mantiqiy jumbog‘lar
Qadrli topqirtoylar, e’tiboringizga qiziqarli masalalar, jumboqli savollarni havola etyapmiz. Javoblarni tahririyat manziliga yoki E-mail spam-botlardan himoyalangan. Uni ko‘rish uchun brauzeringizda JavaScript yoqilgan bo‘lishi kerak. elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin. To‘g‘ri javoblar va uni yo‘llagan o‘quvchilarning ism-shariflari keyingi sonlarimizda e’lon qilinadi.
Bu kishi necha yoshda?
Bir kishidan:
– Yoshingiz nechada? – deb so‘rashdi.
– Mening yoshim kenja nabiramnikidan 600 barobar katta, – deb javob berdi u.
Ayting-chi, shunday bo‘lishi mumkinmi?
Doktor buyurgan dorilar
Doktor bemorga uchta yo‘tal dori berib, har birini bir donadan yarim soat oralatib ichishni buyurdi. Davolanish boshlangach, bemor oxirgi – uchinchi dorini necha soatda ichadi. Unda bor yo‘g‘i 3 dona xapdori bor.
Jami pul
Bir ota o‘g‘liga 50000 so‘m berdi, yana bir ota esa o‘g‘liga 40000 so‘m berdi. Lekin oxir-oqibat, ularning (o‘g‘illarining) jami olgan pullari 50000 so‘m ekani ma’lum bo‘ldi. Shunday bo‘lishi mumkinmi?
Yomg‘irli yoki quyoshli kun
Toshkentda qish, tungi soat 12, yomg‘ir yog‘yapti. Roppa-rosa 72 soatdan keyin quyoshli kun bo‘lishi mumkinmi?
Orifjon MADVALIYEV tayyorladi.