Guldan yaralgan boshqotirma
TOPSHIRIQ: Shaklga quyida ta’riflari bayon etilgan “Gul” bilan boshlanuvchi so‘zlarni topib yozib topshiriqni hal eting. 1. “Alisher Navoiy” dramasida ustoz san’atkor Sora Eshonto‘rayeva gavdalantirgan qahramon. 2. Abxaziya xalq shoiri. 3. Ommabop o‘zbek xalq qo‘shiqlaridan biri. 4. Sevimli jurnalimiz. 5. XVI asrda yashagan mumtoz adib Xoja qalamiga mansub mo‘jaz hikoyalar jamlangan asar. 6. O‘zbek xalq dostoni. 7. Ashula jo‘rligida ijro etilgan o‘zbek mumtoz raqsi. 8. Oybekning “Bola Alisher” qissasidagi shoirning onasi. 9. “Zarbulmasal” asari muallifi. 10. Ingliz adibi Jonatan Sviftning mashhur romani qahramoni. 11. Buxorolik tarixchi shoir, “Tarixi Humoyun” asari muallifi. 12. “O‘tkan kunlar” filmida Kumushbibi obrazini gavdalantirgan san’atkorning ismi. 13. Mutafakkir shoir Sa’diy Sheroziyning mashhur asarlaridan biri. 14. Alisher Navoiyning “Etmish meni” radifli muxammasiga Hoji Abdulaziz bastalagan ashula. 15. Turk adibi Rashod Nuri Guntekin qalamiga mansub “Choliqushi” romanida tilimizda gulqand ma’nosini anglatuvchi, asar qahramoni Faridaga berilgan nom.
KRIPTOGRAMMA. Kalit so‘zlar: 1. Xorazm xalqining mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashi aks etgan o‘zbek xalq rivoyati – 9,2, 3,5, 2,11,10,6, 7.
- Hamid Olimjon dostoni – “20,13,9, 2,3 bilan Baxtiyor”.
- Suvda o‘suvchi barg va gullari yirik, ko‘rkam o‘simlik – 7,6, 3,2, 16,1, 11.
- Ilk bahor gullaridan biri – 14,2, 14,8, 12,8, 1.
- O‘zbek xalq dostoni – 9,2, 3,17,2, 7,4, 20,18.
- Suv solinadigan qadimiy idish – 19,12,15,2.
Endi shakldagi raqamlarda yashiringan kriptogrammani kalit so‘zlar javoblaridagi harflar orqali hal eting. Bunda ulardan to‘rt misra she’r va uning nomi ayon bo‘ladi. Ushbu satrlar qaysi shoir qalamiga mansub ekanligini toping-chi.
Tuzuvchi: Foziljon ORIPOV