“Gulxan” bilimdoni
1. Geografiya: U Turkiya, Gurjiston, Rossiya, Ukraina, Ruminiya va Bolgariya boʻylab uzluksiz “sayohat qiladi”. Savol: Uni ikki soʻzda yozib bering.
2. Topishmoq. Bir palakda 12 ta qovun, 11 tasi yeyildi, oʻn ikkinchisini yeyish esa mumkin emas. Savol: Ushbu topishmoqdagi oʻn ikkinchi qovun nimani bildiradi?
3. Matematika: XVI asrda tugʻilgan ushbu fransuz faylasufi, matematigi va fizigi familiyasi berilgan bir necha matematik termin, koordinat va shakllar mavjud. Bizga uning faqat ismini topib bering. (Familiyasini emas)
4. Musiqa: Ringo Starr, Erik Klepton, Svyatoslav Rixter, Abduhoshim Ismoilov, Charli Parker, Sem Kuk va Vladimir Ashkenazi – ularni birlashtirib, bir orkestr jamoasi deyish mumkin. Chunki ular turli musiqa asboblarini chalishadi. Lekin ularni aynan u birlashtirib turadi. Savol: U nima?
5. Adabiyot: Mashhur adabiyotshunoslarning fikriga koʻra, ikkinchi jahon urushi yillarida hokimiyat vakillari yozuvchilarni tarixiy qahramonlar, sarkardalar haqida asarlar yozishga undab bundan asosiy maqsad, ham ruhan, ham maʼnan aziyat chekkan xalqqa qahramonlik ruhini qaytarish, qahramonlarni misol keltirib, ulardan ibrat olishga chorlash boʻlgan. Savol: Siz bizga xuddi shu mavzuda asar yozgan, asli ozarbayjonlik, yurtimizda yashagan, atoqli shoir va dramaturg asarining nomini ifodalang.
6. Nemislar uni “yer moyi”, yaponlar “tosh moyi”, finlar esa “togʻ moyi” deb atashadi. Savol: Gap nima haqida borayotganini anglagan boʻlsangiz, oʻzbeklar unga qanday taʼrif berishini ikki soʻz bilan ayting.
Qadrli doʻstlar, agar ushbu savollarning javobini topgan boʻlsangiz, t.me/@Dilnavoz_Najimova telegram manziliga yuboring va “Gulxan” bilimdoniga aylaning!