“Gulxan” bilimdoni
1-savol: Gapga usta va hazilkash boʻlgan Bernard Shou 1925-yilda Nobel mukofotini qoʻlga kiritgach, quyidagicha taʼkidlaydi: “Nobel mukofoti menga 1925-yilda insoniyatga bergan yordamim uchun munosib koʻrilgan”. Shou mantigʻi bilan oʻylab koʻrib, ayting-chi, “insoniyatga bergan yordamim” deganda u nimaga ishora qilgan edi?
2-savol: Fors donishmandlari fikricha, saltanatda har doim egri va qingʻir ishlarni qiluvchi amaldorlar shoh yonidan joy olishgan. Toʻgʻrisoʻz va vijdonli insonlar esa doimo chetda qolib ketishgan. Diqqat savol: donishmandlar oʻzlarining bu fikriga isbot sifatida nimani misol keltirishadi?
3-savol: Bir qancha Lotin Amerika davlatlarida mavjud boʻlgan afsonaga koʻra, U shirin shaftoli va oddiy archa gʻuddasi (shishkasi) muhabbati natijasida paydo boʻlgan ekan. U nima?
4-savol: Buyuk Britaniya savodxonlik fondining maʼlumotlariga koʻra, soʻngi yillarda yosh bolalarda nutqning salbiy rivojlanishi kuzatilmoqda ekan, yaʼni bolalarning tili kech chiqmoqda. Bunga sabab esa, ota-onalar yosh bolalari bilan kam aloqada boʻlayotganida ekan. Mutaxassislar ushbu holatga aybdor qilib, bir narsaning zamonaviy koʻrinishini aytishmoqda, chunki ularning zamonaviylari ota-onalarni farzandlar bilan aloqaga kirishishlarini qiyinlashtirib qoʻyayotgan ekan. U nima?