Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan”da xanda

– Dada, oʻqituvchimiz aytdi-ki, biz yerning tortishish kuchi sababli yer ustida bemalol yurarkanmiz. Shu toʻgʻrimi?

– Toʻgʻri, oʻgʻlim.

– Qiziq, bu qonun kashf etilmasidan avval odamlar qanday yurishgan?

 

***

– Dada, nega sizning avtomobilingiz yoʻq?

– Uni sotib olishga menda pul yoʻq. Agar sen maktabda yaxshi oʻqisang, ehtimol katta boʻlganingda avtomobil sotib olarsan.

– Demak, siz maktabda yomon oʻqigan ekansiz-da...

 

***

Oʻqituvchi:

– Bolalar – bugun kechqurun Oy tutiladi. Bu juda noyob hodisa. Hammangiz tomosha qiling. Esingizda boʻlsin, yigirma-yu oʻn beshda boshlanadi.

– Qaysi kanalda ustoz? – Baravariga soʻrashdi oʻquvchilar.

 

***

Fizika oʻqituvchisi:

– Faraz qilamiz – elektr chirogʻini yondirmoqchi boʻldik, ammo u yonmadi. Sababi nimada boʻlishi mumkin?

Oʻquvchi:

– Elektr haqini toʻlamagan boʻlsangiz kerak-da...

 

***

Ona:

– Oʻgʻlim, nega itimizga aftingni qiyshaytiryapsan?

Bola: – Avval oʻzi boshladi-ku!

 

Toʻplovchi: Muhabbat

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.