Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2021-yil 1-son

  • Eng yaxshi niyat

    Vatan himoyachilariga bagʻishlanadi

     

    Vatan asli ostonadan

    Boshlanadi, deydilar.

    Vatan nima?

    U bir qoʻrgʻon –

    Boshpanadir, deydilar.

     

    Uning har bir xizmatiga

    Shay turmoqlik – burchimiz.

    Himoyaga berilgandir

    Bilakdagi kuchimiz.

     

    Siz dunyoga nazar

    ...
  • Assalom, Yangi yil

    Assalomu alaykum, “Gulxan”ning aziz va qadrdon muxlislari! Sizlar bilan Yangi yilning ilk sonida uchrashib turganimizdan behad xursandmiz. 2021-yil barcha-barchaga quvonch va shodlik olib kelsin, kutilmagan muvaffaqiyatlar yili boʻlsin. Mushtariylar qatoriga bu yil kelib qoʻshilgan jurnalxonlarni esa alohida tabriklaymiz. Sababi, siz jurnalga obuna boʻlib juda toʻgʻri qildingiz. Buning chin

    ...
  • Baxtga eltgan eʼtiqod

    Qadrli jurnalxonlar! Bugungi kunda kino olamida katta shov-shuvga sabab boʻlgan “Ibrat” badiiy filmini koʻrib xayolingiz va tasavvuringizdagi maʼrifatparvar shoir, olim, matbaachi, muallim Isʼhoqxon Toʻra Ibratni topa oldingizmi?! Shubhasiz, topgansiz. Zero, filmda tarixiy manbalar asosida Ibratning hayoti va faoliyati toʻlaqonli yoritilgan.

    Shuni yodda tutishimiz

    ...
  • El duosida

    Bu voqea kuzda, Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinida ayni tong chogʻida yuz bergan. Uzluksiz yoqqan yomgʻirdan hammayoq shalabbo boʻlgan. Oʻziga oʻzan izlay boshlagan yomgʻir suvlari birlashib yiqqan kuch yerning chok-chokidan soʻtib yuborgudek vajohatda. Shu tobda “gum” degan dahshatli ovoz borliqni larzaga soldi. Bir-ikki lahzalik sukunatdan soʻng qishloqda shovqin-suron koʻtarildi.

    ...
  • Yoshlikda oʻqigan kitoblarim

    Kitob oʻqimay hayot kechirish yoki qoʻlga qalam olib sheʼr va hikoyalar qoralash qanchalar kechirib boʻlmas hol ekaniga oʻzingiz ham ishonch hosil qilayotgandirsiz. Aslida ham shunday. Axir odam ongi, zehni-zakovati bilan dunyodagi barcha jonzotdan ulugʻ va mukarram-da! Bu zehn, bu aqlni charxlab turish uchun esa kitob oʻqish, oʻqilgan kitob magʻzini chaqib, yurakka jo aylab borish kerak

    ...
  • “Suv boʻyida sadaqayragʻoch...”

    Qayragʻoch

    Suv boʻyida sadaqayragʻoch,

    Yuz kishilik moʻl soyasi bor.

    Eniga ham yetmas toʻrt quloch,

    Bir gʻalati hikoyasi bor:

     

    Emish burun, yuz yil burunroq,

    Shu qishloqdan oʻtmish chol darvesh.

    Yolgʻiz ekan, soch-soqoli oq,

    Na oʻgʻli bor, na qiz, na yor, xesh.

     

    Suv boʻyida dam

    ...
  • “Sensiz qolsam kim boʻlaman men?”

    Ona tilim

    Ona tilim oltindan qimmat,

    Sensiz qolsam kim boʻlaman men?

    Borsa kelmas yoʻllarda gʻoyib,

    Tosh boʻlaman, chim boʻlaman men.

    Ona tilim, sensiz sargʻayib,

    Bir chekkada jim boʻlaman men.

    Oʻzga tillar saltanatida

    Yugurdak yetim boʻlaman men.

    Kimdir aytdi: “Baxtsiz til – bu til”,

    Seni baxtsiz

    ...
  • Abu Rayhon Beruniy

    Ulugʻbek Yosh cholgʻuchilarning Venada oʻtkazilayotgan Xalqaro tanlovida ishtirok etish uchun Avstriyaga bordi.

    Tanlovdan bir kun avval kun tartibiga binoan ularni shahar boʻylab sayohatga olib chiqishdi. Sayyohlar chiqqan avtobus Venadagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining vakolatxonasi yonida toʻxtadi. Har kim vakolatxona hovlisida hilpirab turgan oʻz mamlakati bayrogʻini koʻrsatib

    ...
  • Ijod maktabi – oltin avlod beshigi

    Yaqinda oʻzbek romanchiligi maktabining asoschisi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi ochilganining bir yilligiga bagʻishlangan adabiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda jurnalistlar, shoir-yozuvchilar, oʻqituvchi va oʻquvchilar hamda adibning oila aʼzolari ishtirok etdilar.

    Tadbirda ijod maktabi rahbari Nilufar Yoʻldosheva, Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Rustam Musurmon, Oʻzbekiston

    ...
  • Kamolotga yetaklagan ishtiyoq

    – Ibi Asaljon, man guzarga chiqib keldim ohi, san haliyam shu yerga qimirlamay oʻtiribsanmi? – anchadan buyon televizorga tikilib oʻtirgan nabirasining yelkasidan turtdi buvisi. – Shu oʻrischa musiqa sanga yoqoptimi, bacham?! – hayratlandi buvisi gapiga åʼtibor ham bermay kuy ohangida tebranayotgan qizalogʻiga.

    – Judayam yoqopti, bibijon. Men ham shu qizga oʻxshab skripka chalishni

    ...
  • Hayot ustuni

    Ikki kundan beri tinim bilmay yoqqan qor butun atrofni oqlikka toʻldirdi. Daraxtlar oppoq libos kiyib olgandek, barglar yerga toʻshalgan qalin oppoq gilam – bularning barchasi moʻjizaning oʻzginasi edi.

    Ulugʻbek hovliga chiqib tizza boʻyi yoqqan qorni tomosha qilar ekan, uning xayolida dunyo faqat oq rangdan iboratdek, tabiatda zarra gʻubor yoʻqdek tuyuldi. Qoʻliga kurakni olib,

    ...
  • Qish

    Osmonlarni toʻldirib asta,

    Qorparchalar oʻynab tushmoqda.

    Yer yuziga toʻshab oq parcha

    Koʻnglimizga zavq ulashmoqda.

     

    Bolalarning koʻzida quvonch,

    Bir-biriga oq koptok otar.

    Baʼzilari chana tortadi,

    Yana kimdir qor uzra yotar.

     

    Goʻzal qishning ajib ziynati

    Doʻstlar shodlik koʻz-la

    ...
  • Ufq

    Gʻuborlarga toʻlib ketdi osmonim,

    Ufq tomonga negadir talpinyapman.

    Xayollarim hatto samoga yetdi,

    Quyosh botdi, nurlarga intilyapman.

     

    Ufqqa boqib, xayollarga choʻmaman,

    Bu goʻzallik joʻsh uradi qalbimda.

    Alvon kenglik aro goʻyo kezaman,

    Dil sen uchun hatto kuylar yozmoqda.

     

    Qizgʻish rangli osmon

    ...
  • Millat buyugi

    Dunyoda kasblarning ulugʻi,

    Aʼlochi shogirddir suyugi.

    Kasbiga xiyonat qilmas hech

    Chin ustoz millatning buyugi!

     

    Vatanim oʻtmishin tanitgan,

    Ong-u shuurimni boyitgan,

    Qalblardan oʻchmagay ismi hech

    Chin ustoz – millatning buyugi!

     

    Sabina MUROTBOYEVA,

    Qoraqalpogʻiston

    ...
  • Alplar vatani

    Xudo yorlaqagan peshonasini,

    Yovlar bosolmagay ostonasini,

    Koʻzin qarogʻida asraydi doim,

    Ota-onasi-yu dilporasini.

     

    Ular Temurxonga munosib avlod,

    Hech zogʻ buzolmagay darvozasini.

    Hech narsa ustunmas Vatan mehridan,

    Nokasga bermagay dilxonasini.

     

    Bu Vatan – yengilmas alplar Vatani,

    Manguberdi

    ...
  • Qalbim bulogʻi

    Har tong libosini kiyarkan olam

    Zaminga ulashib saxiy nurlarin.

    Shafaq beixtiyor oʻzidan kechib,

    Gʻunchalar yuzidan terar durlarin.

    Yam-yashil oʻtloqdan qamashadi koʻz,

    Tanni qizitadi quyosh quchogʻi.

    Yangi tuygʻularni kashf etar shu on,

    Qaynab toʻlib turgan qalbim bulogʻi.

     

    Dilshodaxon

    ...
  • Yangi yil

    Yangi kun, yangi his,

    Oʻzgacha tuygʻu.

    Barchasi jamlashgan,

    Senda Yangi yil

    Bolalar quvonchi,

    Sevinchi senda

    Yangi baxt, yangi kun,

    Sensan Yangi yil

    Qishning fusunkori,

    Bezagidursan.

    Oppoq, mayin qorlar,

    Yogʻdusidursan.

    Yurtga quvonch, shodlik,

    Olib kelguvchi,

    Sen baxt

    ...
  • Vatanim posbonlari

    Siz borsizki, koʻngil tinch,

    Musaffo osmonimiz.

    Siz borsizki, hamisha,

    Yangragay kuy-navomiz.

    Vatanim posbonlari –

    Jasur, mard oʻgʻlonlari.

    Erta-yu kech tinmaysiz,

    Kelajakni oʻylaysiz,

    Vatan tinchligi uchun

    Joningizni bergaysiz.

    Vatanim posbonlari,

    Jasur, mard

    ...
  • Ipak qurti

    Ipak qurtin och qoldirsangiz,

    Tut barglarin sizdan soʻraydi.

    Qorinlarin toʻydirib sassiz,

    Sekin-asta ipak oʻraydi.

     

    Baʼzilar der: “Ishi bir tanga,

    Mehnati sust, qadami mayda”.

    Biroq ular xalqqa, Vatanga,

    Keltirishar kattakon foyda.

     

    Parvina SHERQULOVA,

    Qashqadaryo viloyati

    ...
  • Qishloq qoʻshigʻi

    Yolgʻizoyoq soʻqmoqdan ketyotgan chogʻda,

    Bir bedana uchratdim “Qoracha” togʻda.

    Ajib sayrar edi baland ovozda,

    Goʻyo kuy yangrardi gʻaroyib sozda.

     

    Qoʻshigʻi dilimga berardi madad,

    Tingladim, tingladim qanchadir muddat.

    Har sahar shu yerda bedana sayrar,

    Xush ovozin tinglab dilginam yayrar.

     

    Bu tabiat

    ...
  • Qor parcha

    Misli gulga oʻxshaysan,

    Yoqutdek tovlanasan,

    Doim uchib yurasan,

    Mittigina qor parcha.

     

    Ayozdan berib darak,

    Qoʻlga qoʻnsang qish demak,

    Bundan shodlanmoq kerak,

    Mittigina qor parcha.

     

    Bolalar sen-la oʻynar,

    Ham shodlanar, ham quvnar,

    Dildan gʻubor yuvilar,

    Mittigina qor

    ...
  • Ajoyib mato

    Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda, chekka bir qishloqda beva bir ayol oʻgʻli va qizi bilan yashar ekan. Ayol gazlama toʻqir, qizi bu matolardan koʻylak tikar, oʻgʻli esa ularni bozorga olib borib sotar ekan. Qiz tikkan koʻylaklar juda xaridorgir ekan. Kunlardan bir kuni nuroniy xaridor kelib, peshtaxtadagi koʻylaklarga uzoq tikilibdi. Ulardan birini qoʻliga olib choklarini

    ...
  • Mardu mardonlar yurti

    14-yanvar – Vatan himoyachilari kunini har yili koʻtarinki ruhda bayram qilamiz. Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 272-maktabda “Oʻzbekiston – Mard-u maydonlar yurti” mavzusida oʻtgan noanʼanaviy ochiq dars ham aynan shu bayramga bagʻishlandi. Bu darsda ichki ishlar polkovnigi, vatanparvarlik ruhidagi sheʼrlari boshlangʻich sinflarning “Oʻqish kitobi”ga kiritilgan shoir Zikrilla Neʼmatning

    ...
  • Ona

    Ertalab barvaqt uygʻonib, yuz-qoʻlimni yuvgach, atrofga razm solaman. Men bilan baravar uyqudan turgan akam, ukam, singlim oʻz yumushlari bilan band. Bir vaqt ombordan oʻrtancha akamning ovozi eshitildi:

    – Oyi, mening sumkam qani? Ichkarida esa ukam xarxasha qilyapti:

    – Oyim qani?

    Aslida har kuni shu ahvol, ukam uyqudan turgach arang kiyintirib olaman. U boʻlsa bunga

    ...
  • Buvimning sovgʻasi

    Mixail Zoshchenko

    Rus yozuvchisi Mixail Mixaylovich Zoshchenko 1894-yil 10-avgustda Sank-Peterburgda tavallud topgan. Birinchi va ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Zoshchenko ijod bilan birgalikda etikdoʻzlik, quyonchilik va parrandachilik bilan ham shugʻullangan. M. Zoshchenko 8 yoshidan boshlab sheʼr va hikoyalar yoza

    ...
  • Do we need extra activities?

    Every people own special talent and ability. Someone is able calculate and conduct research in a field. However they are not good at art. Someone draws or sings very beautifully, on the other hand they have a problem in school subject. Firstly, extra activities are very useful for toddlers and pupils who are in primary grades. Higher grade students should determine their specialization. Extra

    ...
  • Diversity

    Something that one person likes may be distasteful to someone else. One manʼs meat is another manʼs poison. For example, someone loves to get dressed brightly. Someone is fond of dark clothes. There are a lot of such examples and to describe special character and personal opinion. I also have my personal opinion about life. But compared to my friends, all of us have different thoughts,

    ...
  • Kitob vatanni anglatadi

    Kitob insonning fikr doirasini kengaytirib, unga cheksiz maʼnaviy-ruhiy ozuqa beradi. Buyuk mutafakkir shoir Abdurahmon Jomiy taʼbiri bilan aytganda: “Kitobdan yaxshi doʻst yoʻqdir jahonda”. Darhaqiqat, insonni kamolga yetkazuvchi, ulugʻ tariximizdan hikoyalar soʻzlovchi, buyuk sarkarda, vatanparvar bobolarimizning yorqin, zafarlarga toʻliq yoʻlini koʻrsatuvchi, Vatanning har nedan muqaddas

    ...
  • Mitti tabib

    Hammangiz ham behini sevib isʼtemol qilavermaysiz. Undan koʻra, sersuv nok yoki qip-qizil olmani huzur bilan yeyish siz uchun maroqli. Aslida, behi suvsiz va biroz taxir boʻlsa-da, sogʻligʻingiz uchun koni foyda. Azal-azaldan donishmand bobolarimiz behini shifobaxsh meva sifatida qadrlaganlar.

    Agar sizni shamollash va yoʻtal qiynayotgan boʻlsa,

    ...
  • Yoshlik – istaklar ummoni

    Akrobatika yunoncha akrobatik – oyoq uchida yuraman, yuqoriga chiqaman degan maʼnoni anglatadi. U sport uskunalariga tayanib yoki ularsiz muvozanatni saqlagan holda sakrab bajariladigan, kuch va epchillik namoyish qilinadigan sport turidir. Akrobatikada harakatlar aylanish, umbaloq oshish va salto orqali amalga oshiriladi.

    Nigina ham akrobatikaning haqiqiy

    ...
  • Jajji askar ahdi

    Dilida orzu-maqsad,

    Yurtiga sodiq farzand.

    Boʻlmoqchi yurt oʻgʻloni,

    Kelajakning posboni.

    Gʻayrati cheksiz ummon,

    Qalbida toza iymon.

    Unga baxsh etadi kuch,

    Vatan oldidagi burch.

    Ota deydi: – “Boʻl omon,

    Tinchlikni saqla har on.

    Ulgʻaygin askar boʻlib,

    Kuch-u quvvatga toʻlib.

    Bir soʻzli, oʻktam

    ...
  • “Gulxan” bilan birgamiz

    Karantin davrida ustozim Aziza Jamolovani juda sogʻindim. Onlayn darslarni televizorda koʻrdim, eshitdim. Lekin ustozimning mehrlarini, shirin soʻzlarini, hatto talabchanliklarini ham sogʻindim. Mana hozir har doimgidek maktabga kelyapmiz. Ustozim darsda gazeta va jurnallardan koʻp foydalanadilar. Biz bu yil ham oʻz nashrlarimizga obuna boʻldik. Sinfdoshlarim Muhtabar, Javohir, Xadicha,

    ...
  • “Gulxan”da xanda

    – Dada, oʻqituvchimiz aytdi-ki, biz yerning tortishish kuchi sababli yer ustida bemalol yurarkanmiz. Shu toʻgʻrimi?

    – Toʻgʻri, oʻgʻlim.

    – Qiziq, bu qonun kashf etilmasidan avval odamlar qanday yurishgan?

     

    ***

    – Dada, nega sizning avtomobilingiz yoʻq?

    – Uni sotib olishga menda pul yoʻq. Agar sen maktabda yaxshi oʻqisang, ehtimol katta

    ...
  • “Donishmand shoir” boshqotirmasi

    AYLANMA KROSSVORD Shaklda belgilangan xonadan raqam atrofiga soat mili yoʻnalishida: 1. Alisher Navoiy ustoz deb bilgan ozarbayjon shoiri, mutafakkir. 2.Zamonasining yetuk shoiri, Alisherning togʻalaridan biri. 3. “Sabbai sayyor” dostoni qahramoni. 4. Navoiy yuqori baho bergan adib – “Nodir voqealar” asari

    ...
  • Mirmuhsin

    Oʻzbek sheʼriyati va nasrining koʻzga koʻringan vakillaridan biri, sermahsul ijodkor Mirmuhsin (Mirsaidov) 1921-yil 3-mayda Toshkentning qadimiy Saqichmon mahallasida kulol oilasida dunyoga keldi.

    Toshkent davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Mehnat faoliyatini Toshkent tramvay trestida chop etiladigan koʻp adadli gazeta muharrirligidan boshladi. Oʻzbekiston radiokomitetida

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.