Ijod maktabi – oltin avlod beshigi
Yaqinda oʻzbek romanchiligi maktabining asoschisi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi ochilganining bir yilligiga bagʻishlangan adabiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda jurnalistlar, shoir-yozuvchilar, oʻqituvchi va oʻquvchilar hamda adibning oila aʼzolari ishtirok etdilar.
Tadbirda ijod maktabi rahbari Nilufar Yoʻldosheva, Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Rustam Musurmon, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, sanʼatkor notiq Rahimboy Jumaniyozov, “Gulxan” jurnali bosh muharriri oʻrinbosari Nilufar Jabborova soʻzga chiqdilar. Ular mamlakatimizda adabiyot va badiiy ijodni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, mumtoz adib Abdulla Qodiriy ijodini oʻrganish va targʻib etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, Ijod va Ixtisoslashgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Toshkent shahar Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti hamkorligida boʻlib oʻtgan ushbu tadbirda nazm va navo, raqs va qoʻshiq, teatr tomoshalari ijro etildi. Hamkor tashkilotlar vakillari ijod maktabi kutubxonasiga badiiy kitoblar sovgʻa qilishdi.
Gulxanjon