Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qishloq qoʻshigʻi

Yolgʻizoyoq soʻqmoqdan ketyotgan chogʻda,

Bir bedana uchratdim “Qoracha” togʻda.

Ajib sayrar edi baland ovozda,

Goʻyo kuy yangrardi gʻaroyib sozda.

 

Qoʻshigʻi dilimga berardi madad,

Tingladim, tingladim qanchadir muddat.

Har sahar shu yerda bedana sayrar,

Xush ovozin tinglab dilginam yayrar.

 

Bu tabiat kuyi, qishloq sadosi,

Mittigina qushning oʻtli nidosi.

Ohanrabo misol tortar oʻziga,

Joʻshqin ilhom berar shoir soʻziga.

 

Diyorbek TURDIQULOV,

Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanidagi

16-maktabning 11-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.