Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Nishona

  • Bog‘im dilbarlari

    Bog‘im bezar misli kamalak

    Nozik-nihol, mayin gullarim.

    Chiroy ochib borar yanada,

    Kunlar o‘tgan sayin gullarim.

     

    Libosingiz biram bejirim,

    Tikilishni qo‘ymas ko‘zlarim.

    Husningizdan dil olar bahra,

    Boqib sira to‘ymas ko‘zlarim.

     

    Mohira NOSIROVA,

    Olmazor tumani 261-maktab 8-sinf

  • Navro‘zga

    Osmon – moviy, dalalar – zumrad,

    Ko‘zin ochdi mudroq g‘unchalar.

    Ariq bo‘yi xushbo‘y rayhonlar,

    Navro‘z, dilbarmisan shunchalar?!

     

    Yangilanar har safar hislar,

    Kamalakda aks etar borliq.

    Poyon bilmas quvonchlarimga

    Mitti yurak qilmoqda torlik.

     

    Syuzanna XOLMURODOVA,

    Surxondaryo viloyati

    ...
  • Zulfiyaning dil bog‘lari

    Ildamlab boramiz soat ikkimiz,

    Yalangoyoq kezdik bog‘larimizni.

    Ba’zan zirapchalar kirdi tovonga,

    Shabnamda yuvdik dil dog‘larimizni.

     

    Ortga qayrilmoqqa yurak chidamay,

    Xayol ikkimiz siz tomon yugurdik.

    Tashnalikda yongan bir lahcha cho‘g‘day,

    Tun rasmini joylab tongga ilindik.

     

    Rohilabonu

    ...
  • Bahor bilan suhbat

    Ilhom qanotiga aylanding, bahor,

    Men qush bo‘lib uchdim she’r bo‘stonida.

    Osmon tun pardasin ochganda sahar,

    Quyosh bo‘lgim keldi baxt ummonida.

     

    Maysalar imladi, kel, bag‘rimga kel,

    Shamol shivirladi, ketdik yuksakka.

    Ruhimga yengillik kiritib bulbul,

    Qanotida uchdim osmon-falakka.

     

    Dilnoza

    ...
  • Mehmon

    Dadajonim opasi –

    Ammajonim keldilar.

    Mehmon bo‘lib shu kecha

    Uyimizda qoldilar.

     

    Rosa ertak eshitib,

    Ukam bilan shodlandik.

    Tongda ammamnikiga

    Uchalamiz otlandik.

     

    Bibisora TOSHBOTIROVA,

    Andijon viloyati Buloqboshi tumani

    13-maktab 5-sinf

  • Tilak

    “Ona” desam ko‘z o‘ngimda

    Nurlanadi yuzingiz.

    Qo‘shiq aytsam jarangimda

    Ham she’rimda so‘zingiz.

     

    Ona madhin keng jahonga

    Ohang bo‘lib yo‘llagum.

    Nomingizni sharaf-shonga

    Burkamoqdir tilagim.

     

    Farangiz OTAQULOVA,

    Samarqand viloyati Ishtixon shahri

    1-IDIM o‘quvchisi

  • Buvijonim

    Buvijonim hali yosh,

    Ko‘zida porlar quyosh.

    Paypoq to‘qib beradi,

    Ertak o‘qib beradi.

     

    Bizni erkalar shodon,

    Ishga otlanar tongdan.

    Kuni bo‘yi kutamiz,

    Yo‘liga ko‘z tutamiz.

     

    Madina ABDUMO‘MINOVA,

    Toshkent shahar Yashnobod tumani

    282-maktab 4-sinf

  • Onamga

    Bog‘lar gul tutar sizga,

    Tog‘lar qiladi ta’zim.

    Siz bor uyda g‘ussa yo‘q,

    Siz bor davralar bazm.

     

    Yashnar hayot bog‘imiz,

    Kecha-kunduz charog‘on.

    Ko‘nglimiz obod, butun,

    Siz tufayli, onajon.

     

    Mahbuba AYTJONOVA,

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Xo‘jayli tumani 14-maktab 8-sinf

  • Sog‘inch

    Qish ham o‘tdi sog‘inib qorni,

    Bahor keldi binafsha taqib.

    Javondagi qo‘ng‘ir ayiqcham

    Turar menga mo‘ltirab boqib.

     

    Maydonchada qolgan halinchak,

    Ba’zan seni qo‘msab qolaman.

    Buvijonim aytgan ertakni

    Takror-takror yodga olaman.

     

    Husnora JALGASHOVA,

    Toshkent shahri 179-maktab 6-sinf

  • Gullar

    Deraza ortidan pinhon mo‘ralab,

    Hovliga qaradim sokinlik bilan.

    Gulzor ichra yurdim sekin oralab,

    Quyosh nurdan to‘shar yo‘limga gilam.

     

    Ko‘zim qamashadi, gullar rang-barang,

    Mayin, nafosatli qo‘ng‘iroq gullar.

    Sariq, pushti, alvon – ko‘zlarim maftun,

    Yashnaydi tovlanib chamandek dillar.

     

    Munisa

    ...
  • Tabassum qilsa

    Tabassum qilsa onam,

    Yorishadi bu olam.

    Oy uyalar ko‘rkidan,

    Tong uyg‘onar uyqudan.

    Onajonim bor bo‘ling,

    Doim baxtiyor yuring!

     

    Madina TOSHPO‘LATOVA,

    Navoiy viloyati Qiziltepa tumani

    26-maktab 8-sinf

  • Shuningdek...

    Shuningdek, sahifamizga Jizzax tumanidagi 45-maktab 8-sinf o‘quvchisi Gulasal Dovidboyeva,Farg‘ona viloyati Quva tumani 64-maktab 4-sinf o‘quvchisi Ma’sumaxon Abdulahatova, Xorazm viloyati Hazorasp tumani 9-maktab 4-sinf o‘quvchi Sevara Shexnazarova, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 7-maktab 4-sinf o‘quvchisi Sevinch

    ...
  • O‘rtoqlar

    Sobir maktabdan qaytayotib o‘rtog‘i Zokir bilan aytishib qoldi. “Endi Zokir bilan o‘ynamayman”, o‘yladi Sobir uyda yolg‘iz choy ichib o‘tirib.

    Shu choq oyisi chaqirib qoldi: – Sobir, choyingni ichib bo‘ldingmi, chelakka axlat solib qo‘ydim, to‘kib kel!

    – Oyi, axlatni o‘sha tepalikka olib borishim shartmi, ariqqa to‘ksam bo‘lmaydimi? – so‘radi Sobir ichkaridan chiqib

    ...
  • Ko‘rganda yashnaydi dil

    Chuchmoma

    Binafshaning ortidan

    Yo‘lga chiqqan chuchmoma.

    Qizg‘aldoq va loladan

    Keltiribdi bir noma.

     

    Osilgandek qo‘ng‘iroq,

    Bo‘ynida oltin munchoq.

    Ko‘ylagi och siyohrang,

    Go‘zalligiga qarang.

     

    Sarvdek qomati adl,

    Ko‘rganda yashnaydi dil.

    Turibdi yelda

    ...
  • Mustaqillik

    Mustaqillik – bu quvonch,

    Niyatlarim bir jahon.

    Qunt bilan olay bilim,

    Yo‘llarim oydin, ravon.

     

    Mustaqillik – bu shodlik,

    Onam yopgan shirmoy non.

    Senga tayanch bo‘lgaymiz,

    Buyuk Vatanim, ishon.

     

    Nargiza HAYDARALIYEVA,

    Sirdaryo tumani 41-maktab 3-sinf

  • Bahor keldi

    Bahor keldi, Navro‘z keldi,

    Quchog‘ida rizq-ro‘z keldi.

    Bahor keldi, Navro‘z keldi,

    “Hayot”, degan bir so‘z keldi.

     

    Qo‘llarida qut-baraka,

    To‘kinchilik olib keldi.

    Oftob bilan o‘rtoqlashib,

    Ko‘ngilga nur solib keldi.

     

    Robiya HASANOVA,

    Toshkent shahar 270-maktab 9-sinf

  • O‘zbegimning qiziman

    Boshimda ipak do‘ppi,

    Egnimda-chi xonatlas.

    Oy yuzlarim bir lo‘ppi,

    Hamma qiladi havas.

     

    Shijoatda, mehnatda,

    Yashaymiz shod, baxtiyor.

    Bizning o‘zbek qizlarga

    To‘marisning ruhi yor.

     

    Nilufar XUSAINOVA,

    Xorazm viloyati Xiva tumani

    2-maktab 8-sinf

  • Bog‘bon va quyosh

    Uyimiz – mo‘jaz makon,

    Mehr-u muhabbatga kon.

    Otajon – siz quyoshsiz,

    Bog‘bonimiz – onajon.

     

    Zahmat chekkaningiz chin

    Vatan, farzandlar uchun.

    Qilgan mehnatlaringiz

    Ko‘rsatar bir kun kuchin.

     

    Olmaxon BESHIMOVA,

    Buxoro viloyati Qorako‘l tumani

    1-maktab 9-sinf

  • Rahmdil chelak

    Kuchim hisobga olmay,

    Suv to‘ldirdim chelakka.

    Ko‘tarib kelayotib,

    To‘kib qo‘ydim yo‘lakka.

     

    Achingancha chelak der:

    “To‘g‘ri gapga quloq sol.

    Menga ko‘p suv to‘ldirsang,

    Shoshmagin-da, sal dam ol!

     

    Munisa ERGASHEVA,

    Jizzax viloyati Paxtakor tumani 17-maktab 6-sinf

  • Mitti she’r

    Juda o‘xshagim kelar

    Navoiy bobomlarga.

    She’r yozaman hamisha

    She’r suygan odamlarga.

     

    Meni qiziqtiradi

    Navoiyning o‘ylari.

    Mittigina she’rimning

    Qachon o‘sar bo‘ylari?

     

    Zuhra XOLDOROVA,

    Toshkent shahar Yashnobod tumani

    161-maktab 5-sinf

  • Ibn Sino

    Mehr berib o‘simliklar dunyosiga,

    Aylandilar tibbiyotning siymosiga.

    Butun dunyo qayta-qayta bosh egadi

    Vatanimning buyuk Ibn Sinosiga.

     

    Kezib sahro, tog‘-u tosh-u qirlarini,

    Kashf etmishlar tabiatning sirlarini.

    Har giyohning so‘zlariga quloq tutgan

    Sino bobom tibbiyotga “qonun” bitgan.

     

    Diyoraxon

    ...
  • Baroqvoy

    Erta turib maktabga

    Otlangandi Anvarjon,

    Paypog‘ini topolmay

    Xunobi oshdi chunon.

     

    Ko‘rib qolib mushugin

    Bo‘lib qoldi hayron-da,

    Tishlab, tortib paypog‘in

    O‘ynar edi ayvonda.

     

    Gulnihol MUHAMMADJONOVA,

    Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani

    2-maktab 6-sinf

  • Xorazm yigitlari

    Najmiddin Kubro nasli,

    Pahlavon Mahmud asli.

    Beruniyga vatandosh,

    Manguberdiga yo‘ldosh.

    Har bir ishda bosh-u qosh

    Xorazm yigitlari.

     

    Ma’mun akademiyasi,

    Iftixordir Xivasi.

    O‘ziga xos shevasi

    Xorazm yigitlari.

     

    Sa’dulla ATABOYEV,

    Xorazm viloyati Hazorasp

    ...
  • Toshkent

    Toshdan ham mustahkamdir

    Ildizlari Toshkentning.

    Kecha-kunduz porlaydi

    Yulduzlari Toshkentning.

     

    Poytaxt – bu millat faxri,

    Tarixda u non shahri.

    Maqtab uni nomladik,

    U favvoralar shahri.

     

    Xadichabonu OQILJONOVA,

    Toshkent shahar Olmazor tumani

    298-maktab 4-sinf

  • Shuningdek...

    Shuningdek “Nishona” sahifasiga Andijon viloyati Buloqboshi tumani 13-maktab 3-sinf o‘quvchisi Xosiyatxon Jaloliddinova, Namangan shahridagi 18-maktab o‘quvchisi Robiyabonu Dadamirzayeva, Farg‘ona viloyati Beshariq tumani 2-IDUM o‘quvchisi Shahnoza Komilova, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani 46-maktab 7-sinf o‘quvchisi G‘anisher

    ...
  • Ona haykali

    Ko‘zlaringga olmagin hech yosh,

    Bunga ko‘nglim berolmas bardosh,

    Yomonlarga egmagansan bosh,

    Ma’yus turgan ona haykali.

     

    Intilarsan yaxshilik sari,

    Bag‘ring kengdir dunyolar kabi,

    Hijron qiynar o‘tsa ham yillar,

    O‘g‘lin kutgan ona haykali.

     

    Madinabonu ERGASHEVA,

    2-Toshkent yuridik

    ...
  • Binafshjon

    Binafshajon, binafsha,

    O‘zing juda erkasan.

    Lekin nega doimo

    Yerga boshing egasan?

     

    – To‘g‘ri aytding, o‘rtoqjon,

    Erkaligim bilaman.

    Go‘zal qilib yaratgan,

    Yerga ta’zim qilaman.

     

    Nasiba HAYITBOYEVA,

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani 13-maktab 7-sinf

  • Tushim ekan

    Men va Nurbekjon ukam

    Oldik zo‘r velosiped.

    Hech qayeri emas kam,

    Haydadik biz ketma-ket.

     

    Lek rul ketdi qiyshayib,

    Egari tushdi sinib.

    Attang, dedik shumshayib,

    Endi bo‘lmaydi minib.

     

    So‘ng chiroq qoldi o‘chib,

    O‘zimga keldi hushim,

    Birdan uyg‘ondim cho‘chib –

    Yaxshiyam ekan

    ...
  • Muhammad Yusuf xotirasiga

    Sokin ummonlarning bag‘ridanmi yo,

    Olis samolardan tushganmi Pushkin?!

    Bedapoyalarga bo‘lib mahliyo

    O‘sgan Muhammadning she’rlari jo‘shqin.

     

    Uning jayronlari endi yig‘lamas,

    Ko‘klamoy ko‘ksiga yomg‘irlar yog‘di.

    Tanish teraklari bag‘rin tig‘lamas,

    Shoir qo‘shiqlari bedordir endi.

     

    Behro‘z

    ...
  • Ahd

    Ayam betob bo‘lib qoldilar,

    “Ko‘rpa-to‘shak qilib oldilar”.

    Kuymalanib, ayamay o‘zin

    Va oxiri horib-toldilar.

     

    Aka-uka aybdormiz bizlar,

    Yordamlashmay qo‘ydik – esiz-a.

    Onalarga qiyin bo‘larkan,

    Xonadonda bo‘lmagach qizlar.

     

    Tez sog‘ayib qaytsa ayajon,

    Biror yumush aytsa ayajon,

    Gapin ikki qilmay

    ...
  • Futbol to‘pi

    Meni tepsang uchaman,

    Darvozani quchaman.

    Futbolchiga og‘aman,

    Pufaklarga tog‘aman.

     

    Mo‘ljalni ol,

    Zo‘r bo‘ladi.

    Hisob bir-u

    No‘l bo‘ladi.

     

    Asadbek BERDIYOROV,

    Yunusobod tumani 220-maktab 5-sinf

  • Yurt egalari

    Shu yurtning ertasimiz,

    Bag‘rida erkasimiz,

    Iqbolimiz charog‘on,

    Tolening egasimiz.

     

    O‘ng-u so‘l to‘la imkon.

    Orzuimiz bir jahon,

    O‘zbekiston nomini

    Etmoq dunyoga doston.

     

    Nodira MAMASHARIPOVA,

    Toshkent

    ...
  • Tinchlik

    Shu yurtning ertasimiz,

    Bag‘rida erkasimiz,

    Iqbolimiz charog‘on,

    Tolening egasimiz.

     

    O‘ng-u so‘l to‘la imkon.

    Orzuimiz bir jahon,

    O‘zbekiston nomini

    Etmoq dunyoga doston.

     

    Nodira MAMASHARIPOVA,

    Toshkent

    ...
  • Vatan

    Vatan, cheksiz, go‘zal sarhadlaringda

    Yovqur, senga qalqon o‘g‘lonlaring bor.

    Minglab nihollarga dil mehrin tikkan,

    Bo‘stonlar yaratgan bog‘bonlaring bor.

     

    Osmoning musaffo, suvlaring zilol,

    Quchog‘ing bunchalar issiq va sokin.

    Munosib vorislar bo‘lmoqlik

    ...
  • Vatanga atalgan so‘z

    Qalbim yoritguvchi shamdirsan, Vatan,

    Mening tanamdagi jondirsan, Vatan.

    Bobolarim mangu uyquda yotgan

    Yo‘llari nurafshon makonsan, Vatan.

     

    Dehqon otam kabi hotamtoydirsan,

    Munis onam yanglig‘ mehri boydirsan.

    Qalbimda hamisha sening hur noming,

    Men sajda qilguvchi qutlug‘

    ...
  • Jonivorlar tilidan

    Sabzi mening ovqatim,

    Kamroq sabr-toqatim.

    Xavf-xatarni sezgan on

    Bo‘lib qolaman “quyon”.

    ***

    Samantoy mening nomim,

    Arpa, suli taomim.

    Dangasalik butkul yot,

    Men shunday bir oddiy ot.

     

    Shahzoda

    ...
  • Diyorim

    Ko‘m-ko‘k adir, viqorli tog‘lar,

    Lolazorlar, mevali bog‘lar,

    Oyna misol tiniq suvlari –

    Irmoqlari ko‘ngilni chog‘lar.

     

    Osmon toza, ko‘m-ko‘k, beg‘ubor,

    Yellar mehrin etadi izhor.

    Oftob havas qilar husniga,

    Dunyoda yo‘q bunday gul

    ...
  • Tog‘ manzarasi

    Yoz keldi. Tog‘larning viqori go‘zal,

    So‘qmoqda rayhonlar kulib turadi.

    Baland qoyalarni ko‘rganda qalbim,

    O‘zgacha bir zavqqa to‘lib turadi.

     

    Asrlardan ertak aytar xarsangtosh,

    Shodon qo‘shiq kuylar sharqiragan soy.

    Tog‘ning bu sehrli sadolarini

    Siz

    ...
  • Yomg‘ir

    Bulut yerga mo‘ralab,

    Hayratga ko‘miladi.

    Sharros yomg‘ir quysa gar

    Yaproqlar cho‘miladi.

     

    Bulutlar orasidan

    Quyosh cho‘chib mo‘ltirar.

    Yomg‘ir yuvgan yon-atrof

    Chinnidayin yaltirar.

     

    Abdusamat

    ...
  • Kitob

    Kitob – fayzli bilim bog‘i,

    Yashnar unda dil yaprog‘i.

    Oftobday nur taratar u,

    Ilmdan bog‘ yaratar u.

    Baxt-omading undan qidir,

    U ko‘p jumboq kalitidir.

     

    Bahora MAMIROVA,

    Jizzax viloyati Paxtakor tumani

    6-maktab 9-sinf

  • Mehribonlarim

    Aytgan har bir so‘zida zo‘r sehr bor,

    Hikmatlarin eshitaman qonib-qonib.

    Qadoq-qadoq qo‘llarida taft, mehr bor,

    Nur bulog‘im – buvijonim, bobojonim.

     

    Vatan uchun she’rlar yozsam faxrlangan,

    A’lo baho olsam mendan xursand bo‘lgan,

    Nabiralar qurshovida

    ...
  • Onajon

    Onajon, hayotbaxsh mehringiz

    Dunyoni nurlarga to‘ldirar.

    Erkalab har aytgan so‘zingiz

    Ko‘nglimni osmondek bo‘ldirar.

     

    Zahmatli mehnatlar tufayli

    Uyimiz burkaysiz shodlikka.

    Onajon, o‘xshaysiz shubhasiz,

    Quvonchning egizi –

    ...
  • O‘zbekiston yoshlari

    Bilimdon, dono, zukko,

    Chaqnab turar ko‘zlari.

    Bir so‘zli, matonatli,

    O‘zbekiston yoshlari.

     

    Sportda kuchli, qo‘rqmas,

    Mag‘rur, baland boshlari.

    Doim olg‘a intilar

    O‘zbekiston yoshlari.

     

    Fayoz

    ...
  • Tinchlik bo‘lsin

    Ahil yashaylik har on,

    Yuraylik baxtli, shodon,

    Gulga to‘lsin shu makon,

    Tinchlik bo‘lsin barqaror.

     

    Yo‘limiz oydin, ravon,

    Yashaylik sog‘, farovon,

    Ko‘rmaylik g‘ussa, armon,

    Tinchlik bo‘lsin barqaror.

     

    Shahzoda

    ...
  • Kitobsevar

    Kitobim, jon kitobim,

    Sen tufayli ijodim.

    Bir zum qo‘ldan qo‘yishga

    Sira yo‘qdir ilojim.

     

    Kitobim, hoy kitobim,

    Shunday mening xitobim:

    Seni o‘qimay qo‘ysam,

    Bo‘lmay qoladi tobim.

     

    Aziza

    ...
  • Shuningdek...

    Shuningdek, sahifamizga Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani 20-maktab 4-sinf o‘quvchisi Dildora Niyozova, Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 39-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 7-sinf o‘quvchisi Jahongir Ne’matillayev, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri 107-maktab 7-sinf o‘quvchisi Sarvarbek Komiljonov,

    ...
  • Vatan

    Tashvishlaringni tuyib,

    Quvonchlaringni suyib,

    Doim izingdan yurib,

    Yashagim kelar, Vatan!

     

    Seni onamdek bilib,

    Doim so‘zingga kirib,

    “Mehr ko‘zda bo‘lar”, deb,

    Yashagim kelar, Vatan!

     

    Sen mening iftixorim,

    Jo‘shar dilda

    ...
  • Tog‘ archasi

    Tog‘da o‘sar tog‘ archa,

    Tanasi parcha-parcha,

    Aqlim lol, tikilgancha

    Yashagan ekan qancha?

     

    Archalarning sarasi

    Cho‘qqilarning erkasi,

    Viqor-la turar go‘yo,

    Tog‘ning tanho bekasi.

     

    Feruza

    ...
  • Uyquchi ayiqpolvon

    Qo‘ng‘ir ayiq juda quvnoq,

    O‘zi momiq, semiz biroq.

    Baliqlarni tutay, deydi,

    Bir yamlamay yutay, deydi.

     

    Asalni g‘amlab olib,

    Qish bo‘yi dong qotadi.

    Beparvo uyquchini

    Ayting, kim uyg‘otadi?

     

    Lobar

    ...
  • Istak

    Inson ko‘ngli istaydi

    Shirin so‘z, shirin kalom.

    Ayniqsa dil yayraydi

    Eshitsangiz “Assalom”.

     

    Oyim doim uqtirar:

    “Dilni og‘ritmoq yomon,

    Mehr ustun tursa gar

    Dunyo bo‘ladi omon”.

     

    Nozima

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.