Baroqvoy
Erta turib maktabga
Otlangandi Anvarjon,
Paypog‘ini topolmay
Xunobi oshdi chunon.
Ko‘rib qolib mushugin
Bo‘lib qoldi hayron-da,
Tishlab, tortib paypog‘in
O‘ynar edi ayvonda.
Gulnihol MUHAMMADJONOVA,
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani
2-maktab 6-sinf