Ibn Sino
Mehr berib o‘simliklar dunyosiga,
Aylandilar tibbiyotning siymosiga.
Butun dunyo qayta-qayta bosh egadi
Vatanimning buyuk Ibn Sinosiga.
Kezib sahro, tog‘-u tosh-u qirlarini,
Kashf etmishlar tabiatning sirlarini.
Har giyohning so‘zlariga quloq tutgan
Sino bobom tibbiyotga “qonun” bitgan.
Diyoraxon HAMIDULLAYEVA,
Mirobod tumani 263-maktab 7-sinf