Bahor bilan suhbat
Ilhom qanotiga aylanding, bahor,
Men qush bo‘lib uchdim she’r bo‘stonida.
Osmon tun pardasin ochganda sahar,
Quyosh bo‘lgim keldi baxt ummonida.
Maysalar imladi, kel, bag‘rimga kel,
Shamol shivirladi, ketdik yuksakka.
Ruhimga yengillik kiritib bulbul,
Qanotida uchdim osmon-falakka.
Dilnoza ATOYEVA,
Toshkent shahar O‘ZMU qoshidagi S. Sirojiddinov nomli akademik
litseyi 1-kurs o‘quvchisi