Navro‘zga
Osmon – moviy, dalalar – zumrad,
Ko‘zin ochdi mudroq g‘unchalar.
Ariq bo‘yi xushbo‘y rayhonlar,
Navro‘z, dilbarmisan shunchalar?!
Yangilanar har safar hislar,
Kamalakda aks etar borliq.
Poyon bilmas quvonchlarimga
Mitti yurak qilmoqda torlik.
Syuzanna XOLMURODOVA,
Surxondaryo viloyati Sherobod tumani
33-maktab 9-sinf