Tushim ekan
Men va Nurbekjon ukam
Oldik zo‘r velosiped.
Hech qayeri emas kam,
Haydadik biz ketma-ket.
Lek rul ketdi qiyshayib,
Egari tushdi sinib.
Attang, dedik shumshayib,
Endi bo‘lmaydi minib.
So‘ng chiroq qoldi o‘chib,
O‘zimga keldi hushim,
Birdan uyg‘ondim cho‘chib –
Yaxshiyam ekan tushim.
Alisher ERGASHEV,
Navoiy viloyati Xatirchi tumani 73-maktab 6-sinf