Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Muhammad Yusuf xotirasiga

Sokin ummonlarning bag‘ridanmi yo,

Olis samolardan tushganmi Pushkin?!

Bedapoyalarga bo‘lib mahliyo

O‘sgan Muhammadning she’rlari jo‘shqin.

 

Uning jayronlari endi yig‘lamas,

Ko‘klamoy ko‘ksiga yomg‘irlar yog‘di.

Tanish teraklari bag‘rin tig‘lamas,

Shoir qo‘shiqlari bedordir endi.

 

Behro‘z NORMO‘MINOV,

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani 38-maktab 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.