Ahd
Ayam betob bo‘lib qoldilar,
“Ko‘rpa-to‘shak qilib oldilar”.
Kuymalanib, ayamay o‘zin
Va oxiri horib-toldilar.
Aka-uka aybdormiz bizlar,
Yordamlashmay qo‘ydik – esiz-a.
Onalarga qiyin bo‘larkan,
Xonadonda bo‘lmagach qizlar.
Tez sog‘ayib qaytsa ayajon,
Biror yumush aytsa ayajon,
Gapin ikki qilmay bajargum,
Xalal bermas o‘zga hayajon.
Ulug‘bek ORIPOV,
Sirdaryo tumani 7-maktab 5-sinf